“Barselona” jarohat olib uzoq muddatga safdan chiqqan jamoa himoyachisi Xerar Pikega o‘rinbosar izlashni boshlab yuborgan, deb xabar bermoqda AS nashri.
Ta’kidlanishicha, kataloniyaliklar Pikening o‘rnini vaqtincha bo‘lsa ham egallash uchun argentinalik himoyachi Esekyel Garayning nomzodini ko‘rib chiqmoqda. 34 yoshli Esekyel ayni damda erkin agent maqomiga ega. Boisi futbolchi 2020-yil yozida 4 yillik faoliyatdan so‘ng “Valensiya”ni tark etgandi.
Garay o‘z vaqtida (2008—2011-yillar) Madridning “Real”ida to‘p tepgan.
Eslatib o‘tamiz, Ispaniya La Ligasi 10-turi doirasida Madridning “Atletiko”siga qarshi bahsda (0:1) Xerar Pike jarohat olib, o‘z o‘rnini 62-daqiqada Serjinyo Destga bo‘shatib bergandi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Pikening o‘ng tizzasi jiddiy jarohatlangan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)