Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Elektr energiyasiz qolgan Primorsk o‘lkasining aholisi o‘z elektromobillaridan telefonlar va maishiy texnika uchun quvvat manbayi sifatida foydalanmoqda, deya xabar qilmoqda “Interfaks”.

Foto: “Rusposters.ru”

Foto: “Rusposters.ru”

“RusHidro avtomobil quvvatlovchi stansiyalari tarmog‘ining og‘ir ob-havo sharoitida ishlashi o‘tgan hafta 900 ga yaqin elektr transport vositasining akkumulyatorlarini zaryadlash imkoniyatini berdi. Ularning egalari uyga yetib borib, elektromobil yordamida maishiy texnika, isitkich, noutbuk va mobil telefonlarni quvvatladi”, – deyiladi kompaniya bayonotida.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, elektromobil akkumulyatorining quvvati 6-8 soatgacha bo‘lgan muddatda uyning minimal ehtiyojlarini qondirishi mumkin.

“Mintaqaga yopirilgan siklondan so‘ng, RusHidro elektr quvvatlash shoxobchalarida fuqarolardan to‘lovlarni olish to‘xtatildi. Primorsk o‘lkasida o‘rnatilgan RusHidro’ning o‘nta elektr zaryadlash stansiyalarining istalgan birida elektromobil egalari o‘z transport vositalarini bepul zaryad qilishlari mumkin”, – deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, elektromobillarni qayta quvvatlash atigi bir necha daqiqa vaqtni oladi, to‘liq quvvatlash esa yarim soatdan kam vaqt ichida amalga oshiriladi.

Rossiya Energetika vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, 23-noyabr kuni ham Vladivostok va Artem kabi 39 ta aholi punktlarida 78 mingga yaqin maishiy iste’molchilar elektr energiyasiz qolmoqda.

Ma’lumot uchun, 19-noyabr, payshanba kuni tunda Primorsk o‘lkasiga siklon urilgan. Yomg‘ir, qor va kuchli shamol energiya va issiqlik tizimi bilan bog‘liq avariyalarni keltirib chiqardi, internet aloqa kanallariga zarar yetkazdi hamda jamoat transporti harakati to‘xtadi. O‘lkada mintaqaviy darajada favqulodda vaziyat holati amal qilmoqda.

Mintaqaning ko‘plab aholisi uylarida suv yoki isitish tizimidan mahrum bo‘lgan. Ayni paytda siklon Primorskni tark etgan. Qayta tiklash ishlari davom etmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Nukusda bir-biri bilan mushtlashgan maktab o‘quvchilarining ota-onasi jarimaga tortildi
Mahalliy
AQSH elchixonasi O‘zbekiston armiyasi shifokoriga minnatdorchilik bildirdi
Dunyo
Xitoy olimlari dunyoda birinchi bo‘lib Arktika bo‘risini klonlashtirdi (video)