Amerikadagi Rokfeller markazi uchun Nyu-Yorkka Rojdestvo archasi olib kelindi. Ammo uning ichida kutilmagan sovg‘a – mitti boyo‘g‘li ham bor edi. Bu haqda Esquire xabar bermoqda.
Ushbu archa amerikaliklar uchun Yangi yilga xos asosiy xususiyatdir, u ko‘plab shtatlardan yil davomida yig‘ib olinadi. Albatta, daraxt baland va yam-yashil bo‘lishi kerak. Chiroq yoqish marosimi esa butun mamlakat telekanallarida namoyish etiladi. Ma’lum bo‘lishicha, bu yil archa bilan birgalikda noqonuniy yo‘lovchi ham kelgan – u kichkina boyo‘g‘li.
Qush archani yetkazib bergan transport kompaniyasi xodimi tomonidan topilgan. Uning turmush o‘rtog‘i esa g‘ayrioddiy topilma to‘g‘risida yovvoyi tabiatni muhofaza qilish tashkiloti – Ravensbeard bilan bog‘langan. Boyo‘g‘li uch kun davomida taxminan 270 kilometr yo‘l bosib o‘tgan. Bu vaqt mobaynida u biror ozuqa yemagan.
Ravensbeard markazi qushni ovqatlantirgan va rentgen tekshiruvini o‘tkazgan. Ko‘rinib turganidek, qushga hayvonlarni himoya qilish faollari orasida juda qulay, ammo u bir necha kundan so‘ng tabiatga qo‘yib yuboriladi. Shuningdek, markaz qushga Rokfeller deb nom ham bergan.
Izoh (0)