Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Boks bo‘yicha o‘rta vazn toifasida Jahon chempioni Saul “Kanelo” Alvares (53-1-2, 36 KO) super o‘rta vazn toifasida WBA chempioni Kallum Smitga (27-0, 19 KO) qarshi jang qiladi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Bu haqda meksikalik sportchi o‘z Instagram sahifasida ma’lum qildi.

Jang 19-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. O‘tkazilish joyi haqida ma’lumot berilmagan. Avvalroq jang Dallas shahrida bo‘lib o‘tishi xabar qilingandi.

“Kanelo” so‘nggi jangini 2019-yilning noyabrida o‘tkazgan va unda Sergey Kovalyovni nokautga uchratgandi.

Ma’lumot uchun, Saul Alvares 2016-yilning sentabrida Dallasda Kallumning ukasi Liam Smitga qarshi jang qilgan va uni 7-raundda nokautga uchratgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Daryo” kundaligida sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Putin taklifiga binoan 7-oktabr kuni Rossiyaga boradi
Mahalliy
Dunyoda koronavirusni yuqtirish holatlari 6 foiz, o‘lim ko‘rsatkichi esa 12 foizga kamaydi