Argentina terma jamoasi JCh—2022 saralashi doirasida Peruga qarshi bahs olib bordi va 2:0 hisobida g‘alabaga erishdi.
Uchrashuvda Lionel Messi 90 daqiqada harakat qildi. Bu “Barselona” hujumchisi uchun Argentina terma jamoasidagi 142-o‘yin bo‘ldi.
Bu borada Messi janubiy amerikalik futbolchilar orasida Braziliya sobiq himoyachisi Kafuning ko‘rsatkichini takrorladi.
Bu borada rekord Messining hamyurti Xavyer Maskeranoga tegishli (147 o‘yin), ikkinchi o‘rindan esa boshqa bir argentinalik Xavyer Zanetti (143) joy olgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)