Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike Millatlar Ligasi doirasida kechgan Germaniyaga qarshi o‘yindagi yirik g‘alabadan (6:0) keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Bu afsuski juda kam sodir bo‘ladigan futbol kechalaridan biri bo‘ldi. Gap hamma narsa o‘xshagan o‘yin haqida ketmoqda.Ispaniya terma jamoasi Germaniyani mag‘lub etgan holda A4 guruhida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi va Millatlar Ligasi yarim finaliga yo‘l oldi.O‘yinchilar birinchi daqiqadanoq faol bo‘ldi va hammasini to‘g‘ri bajardi. Agar jamoada saviya va kayfiyati yaxshi bo‘lsa, mana nimalarga erishish mumkin.
Menimcha, Germaniya optimal tarkibi bilan o‘ynadi, faqat jarohatlangan Kimmix yo‘q edi. Adashmasam ularning o‘nga yaqin o‘yinchisi avvalgi uchrashuvda ham maydonga tushgandi. Bizda esa boshlang‘ich tarkib sezilarli darajada o‘zgargandi.
Boshidanoq pressingda ajoyib ishladik. Ularni uzun paslar bilan o‘ynashga majbur qildik. Keyin esa to‘pni olib qo‘ydik, uzatmalarda aniq ishladik va to‘g‘ri qarorlar qabul qildik.
Tarkibda hech qanday inqilob yo‘q. Tarkibda 30 o‘yinchisi bor va bu o‘yinda Ispaniya terma jamoasini himoyachi qilishga hammadan ko‘ra ko‘proq tayyor bo‘lgan o‘yinchilarni tushirdik.
Luis Enrike, Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)