• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Bir yilga kechiktirilgan Tokio Olimpiadasi o‘tkaziladimi? Agar o‘tkazilsa, qanday?

    Tokio Olimpiadasiga sakkiz oydan kamroq vaqt qolmoqda, ammo musobaqalar qaysi formatda va umuman, o‘tkaziladimi, yo‘qmi degan savolga haligacha aniq javob yo‘q.

    Yaponiya esa hozirda koronavirusning uchinchi to‘lqinini boshdan kechirmoqda: birinchisi aprelda bo‘lgandi, ikkinchisi iyulda. Hozirgi o‘sish sur’atlari esa iyul ko‘rsatkichlariga yaqin. Umuman olganda, mamlakatda shu paytgacha 119 mingta koronavirus holati aniqlangan bo‘lib, 1874 nafar inson kasallikdan vafot etgan.

    Foto: Global Look Press

    Foto: Global Look Press

    Ayni paytda Yaponiya boshqa mamlakatlardan kelganlarga nisbatan qat’iy siyosatni qo‘llamoqda – dunyoning 152 ta davlat fuqarolariga mamlakat hududiga kirish uchun 14 kunlik majburiy karantin joriy qilingan.

    Ayni paytda Olimpiya o‘yinlari ishtirokchilari hamda matbuot vakillarining mamlakatga kirishini yengillashtirish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. Xususan, o‘yinlarning ijrochi direktori Tosiro Muto avvalroq sportchi, murabbiy va rasmiy vakillarning 14 kunlik majburiy karantin talabining olib tashlanishiga umid qilishi mumkinligini tasdiqlagan edi. Ommaviy axborot vositalari vakillari esa o‘z mamlakatidan chiqishda, shuningdek, Tokioga kelganidan so‘ng ikki marta testdan o‘tishi kerak bo‘ladi. Reglament to‘g‘risida to‘liq tasavvur faqatgina 2021-yilning bahorida paydo bo‘ladi, hozirda u hali rejalashtirish bosqichida.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Yaponlarning o‘zlari ham Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarining 2021-yilning yozida o‘tkazilish g‘oyasiga shubha bilan qaramoqda hamda bu nafaqat oddiy odamlarga, balki yapon sportchilariga ham tegishlidir. Iyul oyidagi “ikkinchi to‘lqin” vaqtida o‘tkazilgan yozgi so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, respondentlarning atigi 25 foizi Olimpiya o‘yinlarini 2021-yilning yozida o‘tkazish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlagandi. So‘nggi so‘rovnomalar natijalarida ham shubha kuchayayotganini ko‘rish mumkin. Xususan, badiiy gimnastika bo‘yicha uch karra Olimpiya chempioni va ushbu sportning amaldagi afsonasi Kohey Utimura intervyularining birida o‘yinlarni kechroq muddatga qoldirish kerakligini aytdi:

    “Afsuski, yaponlarning 80 foizi Olimpiya o‘yinlari COVID-19 pandemiyasi sharoitida o‘tishiga ishonmaydi. Biz Olimpiadani o‘tkaza olmaymiz, axir qanday o‘tkazishimiz mumkin?”

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Bu yerda Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasining pozitsiyasi juda qiziq: 2020-yilning yozi va hatto kuzining boshida, 7-sentabr kuni tashkilot vitse-prezidenti Jon Koats o‘yinlar 23-iyulda “COVID bilan yoki usiz” boshlanishini e’lon qilgandi. Hozir esa XOQ (Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi) taktikani biroz o‘zgartirib, muvozanatli pozitsiyani qo‘llamoqda: “Siz to‘lqinlarni to‘xtata olmaysiz, lekin syorfingni (maxsus taxtacha orqali to‘lqinlarda harakatlanish) o‘rganishingiz mumkin”, – deydi XOQning Olimpiya o‘yinlari bo‘yicha media xizmati rahbari Lyusiya Montanarella.

    • Hozirda voqealar rivojining 4 ta ssenariysi ishlab chiqilmoqda:
    • Vaziyatning global yaxshilanishi;
    • Yaponiyadagi vaziyatning yomonlashishi;
    • Dunyodagi umumiy vaziyatning yomonlashishi;
    • Sayyoradagi alohida joylarning kasallanish cho‘qqisiga chiqishi. Ushbu variant asosiy hisoblanib, XOQ iloji boricha o‘yinlar o‘tkazilishini xohlamoqda.
    Agar o‘yinlar o‘tkazilgan taqdirda ham, ular, albatta, avvalgilariga umuman o‘xshamaydi. Ishtirokchilar ayniqsa, matbuot harakatini minimallashtirish uchun tashkilotchilar musobaqalar o‘tadigan obyektlar sonini kamaytirishi mumkin. Sportchilar bilan muloqot esa katta ehtimol bilan masofadan turib amalga oshiriladi. Eng yaxshi holatda ham matbuot va sportchilar o‘rtasida ijtimoiy masofani ushlash uchun to‘siqlar yordamidan foydalaniladi. Aniq tafsilotlar fevral oyidan keyin, bundan tashqari vaziyatning rivojlanishiga qarab e’lon qilinadi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Global majburiy emlash bugungi kunda majburiy chora deb hisoblanmaydi, uni esa birinchi navbatda eng xavfli kasb egalari hisoblanmish shifokor va hamshiralar olishi kerak. Sportchi, murabbiy hamda jamoaning shaxsiy tarkibi, shuningdek matbuot vakillari hozircha ushbu toifalarga kiritilganicha yo‘q, shunday ekan, tabiiyki, ular ham hamma qatori navbatga rioya qilishga majbur. Bundan tashqari, WADA (Xalqaro antidoping agentligi) hali vaksinalarni, shu jumladan, Rossiyaning “Sputnik V”sini antidoping qonunlariga muvofiq deb topmadi. Ammo agar vaksina antidoping nuqtayi nazaridan xavfsiz deb e’lon qilinsa ham. XOQda Olimpiada ishtirokchilarini emlash uchun pul yetarlimikan?

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Shu tariqa hozircha quyidagilarni quruq taxmin qilish mumkin:

    • O‘yinlar o‘tkaziladi, agar 2021-yilning bahor-yoz oylarida Yaponiyada kasallanish o‘sishining yana bir jiddiy to‘lqini kuzatilmasa;
    • O‘yinlar o‘tkaziladi, agar xuddi shu to‘lqin butun dunyoda kuzatilmasa va ayniqsa, Olimpiadada ishtirok etadigan yirik mamlakatlarda;
    • O‘yinlar o‘tkaziladi, ammo muxlislar uchun deyarli hech kim karantinni bekor qilmaydi, shuning uchun Tokioga tashrif buyurish ularga qiyin hamda qimmatga tushadi. Ehtimol faqat emlangan odamlarga takroriy tekshiruvlardan so‘ng mamlakatga karantinsiz kirishga ruxsat berilishi mumkin;
    • O‘yinlar o‘tkaziladi, ammo ularning natijalari g‘ayrioddiy tus oladi, oldindan taxmin qilish mushkul bo‘ladi. Chunki bitta ijobiy test tufayli butun jamoa yoki uning katta qismi finaldan bir kun oldin karantinga olinishi mumkin. Ehtimol, keyinchalik “agar mana shu chempion kasal bo‘lib qolmaganida edi, hammasi boshqacha bo‘lardi”, degan gaplar paydo bo‘lar.
    • O‘yinlar o‘tkaziladi, haqiqatan ham ular barcha qiyinchilik va muammolarga qaramay zarurdir, boisi pandemiya sharoitida ikki yildan ko‘proq vaqt o‘tkazgan tomoshabin hech bo‘lmaganda normal hayot qanday bo‘lishini his etadi, vatandoshlari va sevimli sportchilarining yutuqlaridan quvonadi. Albatta, ushbu o‘yinlar barcha televizion reytinglar rekordlarini yangilaydi. Agar o‘tkazilsa, albatta...

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    18.11.2020, 12:00   Izoh (0)   13299
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Manuel Noyer 14 yillik faoliyatidagi eng yomon ko‘rsatkichni qayd etdi

    18.11.2020, 11:03

    O‘rtoqlik o‘yinlari. Janubiy Koreya Qatardan ustun keldi, Saudiya Arabistoni esa Yamaykaga yutqazdi

    18.11.2020, 09:41

    JCh—2022 yo‘lida. Braziliya safarda Urugvayni taslim etdi, Argentinada ham g‘alaba. Keyrushning Kolumbiyasi 6 ta gol o‘tkazib mag‘lub bo‘ldi

    18.11.2020, 08:36

    Millatlar Ligasi. Ispaniya o‘z uyida Germaniyaga javobsiz 6 ta gol urdi, Portugaliya 5 ta gol bo‘lgan o‘yinda Xorvatiyani yengdi

    18.11.2020, 03:04

    Floyd Meyvezer qachon ringga qaytishini ma’lum qildi

    17.11.2020, 23:28

    Shohjahon Ergashev belaruslik raqibini qay tarzda mag‘lub etdi?

    17.11.2020, 22:27
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00

    O‘zbekistonda nechta oila borligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 09:40

    AQSH hukumati Intel kampaniyasining 10 foiz ulushini sotib oldi

    Dunyo | 23 avgust, 09:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.