Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

“Barselona”da faoliyat yuritadigan xodimlardan biri Lionel Messi klubni tark etmagani ishchilarga yoqmagani haqida gapirdi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

“Messi qolishga qaror qilganini eshitgandan keyin g‘azablandik. Hamma g‘azabda edi. Klub Leoning yuqori maoshini to‘lay olishi uchun ayrimlar ishdan bo‘shatilishi kerakligini bilardik.

Men Messini yaxshi ko‘raman va uning klub uchun, jahon futboli uchun qilgan mehnatlarini qadrlayman. Ammo oilamni va “Barselona”da ishlash imkoniyatini undan ham ko‘proq yaxshi ko‘raman”, — deydi nomi oshkor etilmagan klub xodimi.

Eslatib o‘tamiz, Messi avgust oyida katalonlar safini tark etish niyatida ekanini rasman ma’lum qildi. Biroq “Barselona” rahbariyati uni tekinga qo‘yib yuborishni istamadi. Oqibatda 33 yoshli futbolchi jamoa bilan sudlashishni istamadi va 2021-yilga qadar mo‘ljallangan shartnomasi tugagunga qadar “Barselona”da qolishga qaror qildi.

Argentinalik futbolchi La Liga 2020/21-yilgi mavsumida yettita o‘yin o‘tkazib, uchta gol urishga erishdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
“Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklash xalqaro hamjamiyatning umumiy ustuvor yo‘nalishi bo‘lishi kerak” — Vladimir Norov
Mahalliy
Foto: Dubay—Namangan—Dubay yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi