Professional boksda o‘z faoliyatini davom ettirayotgan Shohjahon Ergashev (19-0, 17 KO) 16-noyabr, dushanba kuni belaruslik Dmitriy Milyushaga (9-4-1, 4 KO) qarshi ringga ko‘tarilgani xabar qilingandi.
O‘zbekistonlik sportchi bahsning dastlabki raundlaridayoq ustunlikni o‘z tomoniga og‘dirishga urindi. O‘z navbatida Milyusha ham himoyada yomon ko‘rinmadi.
Biroq ikkinchi raundda Shohjahonning zarbasidan keyin belaruslik bokschi qovurg‘asidan jarohat oldi. Shifokorlar tekshiruvidan keyin jang to‘xtatildi va Ergashevga texnik nokautli g‘alaba yozildi.
Izoh (0)