O‘zbekistonga 18—20-noyabrda G‘arbiy Qozog‘iston orqali Ural (Yekaterinburg) hududlari ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.
18—19-noyabr kunlari butun respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 18-noyabrda Buxoro, Navoiy viloyatlarining ba’zi joylarida biroz qor yog‘ishi mumkin. 19-noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
O‘zbekistonning tog‘li hududlarida 18—19-noyabrda qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Respublikaning ayrim hududlarida shamol 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda.
18—20-noyabrda barcha joylarda harorat kechasi 8-13 daraja, shimolda 10-15 darajagacha sovuq, kunduzi esa 0-5 darajagacha sovuq pasayishi kutilmoqda.
O‘rtacha havo harorati me’yordan 10-15 darajaga kam bo‘lishi kutilmoqda.
Izoh (0)