Meksikada o‘tgan bir kecha-kunduz ichida 5,7 ming kishi koronavirusga chalindi, deb xabar beradi “Kommersant” mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib. COVID-19 bilan kasallanganlarning umumiy soni 1 million 3 ming kishiga yetdi. Meksika 1 million kishilik marradan o‘tgan 11-mamlakat bo‘ldi.
Ayni vaqtda kasallikdan vafot etish holatlari bo‘yicha mamlakat dunyoda to‘rtinchi o‘rinni egallamoqda. Pandemiya boshidan buyon Meksikada 98 mingdan ortiq kishi vafot etgan. So‘nggi 24 soat ichida 635 ta o‘lim qayd etilgan. SSV hisob-kitoblariga ko‘ra, o‘rtacha olganda, mamlakatda umumiy profildagi koykalarning 35 foizi hamda sun’iy nafas oldirish apparatlari bilan jihozlangan o‘rinlarning 27 foizi band.
Italiya, Kolumbiya, Argentina, Buyuk Britaniya, Ispaniya, Rossiya, Fransiya, Braziliya, Hindiston va AQShda ham 1 milliondan ortiq koronavirus-kasallar aniqlangan.
Eslatib o‘tamiz, dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni 53 milliondan oshdi.
Izoh (0)