• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Dembele, Grizmann, Koutinyo va boshqalar. “Barselona”dan surgun qilingan Bartomeuning transfer xatolari haqida

    O‘tgan haftada “Barselona” prezidenti Xosep Bartomeu rasman iste’foga chiqdi. Hozirda esa klub va Lionel Messi o‘z vazifasini yaxshiroq bajara oladigan yangi rahbarni kutmoqda.

    Haddan tashqari ko‘p xatolarga yo‘l qo‘yadigan (ayniqsa, transfer ishlarida) Bartomeuning ketishi nafaqat Messi va uning sheriklari, balki muxlislarni ham birdek xushnud etgani bor gap. Shunday ekan, ularning e’tiboriga Bartomeuning qimmatga tushgan xatolarini havola etishning ayni vaqti. Demak, quyida sarflangan pullarni umuman oqlay olma(yot)gan futbolchilar haqida fikr yuritiladi.

    Jeremi Matye – 20 million yevro

    Foto: “Barselona”

    Foto: “Barselona”

    “Barsa” o‘sha yozda Mark-Andre ter Shtegen va Luis Suares bilan shartnoma imzolaganini hisobga olinsa, ko‘pchilik Jeremi Matye haqida unutib qo‘ygandi, ammo himoyachi kimsan Karles Puyol va Erik Abidalning o‘rnini egallashi kerak edi.

    To‘g‘ri, jamoaning ashaddiy muxlislari uning “El-Klasiko”dagi golini yaxshi eslashi mumkin (boisi muxlislar bunday o‘yinlarda urilgan gollarni unutmaydi), biroq fransiyalik futbolchi boshqa hech narsasi bilan yodda qolmadi. Oxir-oqibat, u shunchaki “Barselona”ni erkin agent sifatida tark etdi.

    Lyuka Din – 16,5 million yevro

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Lyuka Din g‘oya bo‘yicha Xordi Alba bilan raqobatlashishi kerak edi, biroq u ikki mavsumda bor-yo‘g‘i 46- arta maydonga tushdi. Bu vaqt ichida esa Albani raqobatda yengish imkonsiz ish edi. Skautlar adashgani va futbolchida potensial yo‘qligi ko‘rinib turardi.

    Biroq eng alam qiladigan joyi, transfer o‘zini oqlamagani emas, balki futbolchining hozirga kelib, “Everton”da kuchli futbolchiga aylanayotganidir. U 2018-yilda 18 million funt evaziga katalon klubini tark etgan.

    Tomas Vermalen – 18 million yevro

    Foto: “Barselona”

    Foto: “Barselona”

    Abadiy jarohatga moyil futbolchi Tomas Vermalen “Arsenal”dagi beshta muvaffaqiyatli mavsumdan so‘ng “Barsa”ga o‘tgandi. Uning jamoada asosiy markaziy himoyachi bo‘lishi kutilgandi, biroq muntazam jarohatlar unga sira tinchlik bermasdi.

    O‘zining katalon klubidagi birinchi mavsumida belgiyalik maydonga bir marta tushdi, bu ham shartnoma imzolaganidan bir yil o‘tib amalga oshgandi. Natijada, u asosiy tarkibga kira olmadi, hozirga kelib, Vermalen Yaponiyaning “Vissel Kobe” klubi sharafini himoya qilmoqda.

    Andre Gomesh – 35 million yevro

    Foto: La Liga

    Foto: La Liga

    Din bilan bir vaqtda imzolangan Andre Gomesh muxlislarda katta umid uyg‘otgandi. Yarim himoyachi “Valensiya”da shu qadar yaxshi harakat qilardiki, hech kim Bartomeuning u uchun 35 million ajratganiga qarshilik qilmagandi.

    Dastlab Gomesh talab qilingan o‘yinni ko‘rsatdi, ammo keyinchalik u umuman samarali harakat qilmay qo‘ydi va mavsum oxiriga kelib La Ligadagi eng yomon transfer deb topildi. Natijada u ham “Everton”ga sotib yuborildi.

    Martin Breytueyt – 18 million yevro

    Foto: Sportbox

    Foto: Sportbox

    Breytueytning transferi eng yomoni emas, balki Bartomeu davrini ochib tashlagan bitim bo‘lib xizmat qildi. Usmon Dembelening jarohatidan so‘ng (u haqida keyinroq) “Barselona”ga transfer oynasi yopilgandan so‘ng ham hujumchi sotib olishga ruxsat berildi. Shu tariqa Martin Breytueyt Kataloniyada paydo bo‘lib qoldi.

    “Leganes” esa “Barselona”ning tovon puli miqdoridan hayratda edi. Breytueyt “Barsa”da 11 uchrashuv o‘tkazib, 1 ta gol urdi, yetakchisiz qolgan “Leganes” esa Segundaga tushib ketdi.

     Malkom – 41 million yevro

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Dastavval Malkom “Roma” bilan kelishuvga erishgandi, hatto rimlik muxlislar uni kutib olish uchun aeroportga ham yig‘ilgandi. Biroq so‘nggi pallada “Barselona” braziliyalikni “bo‘rilar”dan “tortib” oladi. Rim klubi esa bu harakatni jinoyat deb ataydi. Biroq bu yerda boshqa muammo bor edi: “Barselona”ning o‘sha paytdagi murabbiyi Ernesto Valverde Malkomga unchalik qiziqmagandi. Valverde hatto klub uni sotib olmoqchi ekanligini ham bilmagan.

    Natijada, Malkom 15 ta o‘yin o‘tkazib, shundan so‘ng “Zenit” safiga yo‘l oldi.

    Antuan Grizmann – 120 million yevro

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Fransiyalik futbolchining hali o‘z iste’dodini isbotlash uchun vaqt bor, ammo uning birinchi mavsumi to‘laligicha muvaffaqiyatsiz o‘tdi. “Sosyedad” va “Atletiko” sobiq o‘yinchisi jamoaning o‘yin uslubiga umuman to‘g‘ri kelmayapti. Antuan “Atletiko”da har doim hujumchi bo‘lgan, ammo 4-3-3 sxemasida u o‘zini xuddi begonalardek his qilmoqda.

    Usmon Dembele – 105 million yevro

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Usmon Dembele “Barselona”ga o‘tganidan keyin tarixdagi ikkinchi eng qimmat o‘yinchiga aylangandi va u yerda Neymarning o‘rnini egallashi kerak edi.

    Ammo Dembele o‘zining debyutidayoq jarohat olib, to‘rt oyga safdan chiqadi. Afsuski, bu faqat boshlanish edi. Ikkinchi mavsumda fransuz bir qancha o‘yinlar o‘tkazdi, ammo baribir unga barqarorlik yetishmasdi. “Billur oyoq” sohibi deb nom olgan Dembele ketma-ket jarohat olishda davom etaverdi. So‘nggi xabarlarga ko‘ra, jamoa qishda u bilan xayrlashish niyatida.

    Arda Turan – 34 million yevro

    Foto: Eurosport

    Foto: Eurosport

    2015-yilda “Barselona”ga transfer taqiqi qo‘yilgandi, shu bois yozda xarid qilingan Arda Turan yanvargacha maydonga tusha olmasdi. Biroq uzoq kutilgan imkoniyatdan turkiyalik futbolchi foydalana olmadi.

    Muxlislar Turanni uning maydondagi harakatlari tufayli emas, balki klubning ko‘plab turkiyalik homiylarini xursand qilish uchun imzolangan deb hisoblashdi.

    Valverde jamoa bilan ishlay boshlagach, Turan uning rejalariga kiritilmaganligini aniq qilib aytdi. Shuningdek, jurnalist va muxlislar ham uni tinch qo‘ymadi. Oxir-oqibat, Arda 2018-yilda Kataloniya tomonlardan bosh olib ketdi: dastlab “Istanbul”, keyinchalik esa “Galatasaroy”ga ko‘chib o‘tdi.

    Filippe Koutinyo – 120  million yevro

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Agar Dembele Neymarning o‘rnini bosa olmagan bo‘lsa, balki Koutinyo buning uddasidan chiqar? Shu maqsadda Koutinyo 120 million yevro evaziga “Liverpul”dan xarid qilindi. Biroq “qizillar” sobiq yulduzi Kataloniyaga kelishi bilan futbol o‘ynashni tom ma’noda unutib qo‘yganga o‘xshardi. “Liverpul” esa bu pullarga van Deyk va Alissonni xarid qildi.

    “Barselona”da braziliyalikka joy topilmagani uchun u “Bavariya”ga ijaraga berib yuborildi. Chempionlar Ligasi chorak finalida o‘z jamoasi darvozasiga gol urganidan so‘ng “Barselona” uni ortga qaytarib, yana bir imkoniyat berishga qaror qildi.

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    09.11.2020, 08:00   Izoh (0)   16404
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    A Seriya. Zlatan Ibragimovich so‘nggi daqiqalarda “Milan”ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi, “Napoli” navbatdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi

    09.11.2020, 07:32

    La Liga. “Real” 5 ta gol urilgan va uchta penalti belgilangan o‘yinda yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi

    09.11.2020, 03:09

    APL. “Arsenal” o‘z maydonida yirik hisobdagi mag‘lubiyatni qabul qilib oldi

    09.11.2020, 02:11

    Qarzlar, shubhali homiylar va boyishda davom etayotgan xo‘jayinlar. “Manchester Yunayted”ga nimalar bo‘lmoqda?

    08.11.2020, 23:58

    APL. “Liverpul” safarda “Manchester Siti” to‘sig‘idan o‘ta olmadi, “Lester” peshqadamga aylandi

    08.11.2020, 23:37

    Krishtianu Ronaldu jarohat oldi. U 1,5 oy deganda asosiy tarkibda maydonga tushgandi

    08.11.2020, 23:02
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Latviya davlat xizmatchilarining Rossiya va Belarusiyaga borishini taqiqladi

    Dunyo | 10 iyul, 00:05

    Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi mojaro: nega bu ikki tomonlama ziddiyat Markaziy Osiyoda aks-sado bermoqda?

    Dunyo | 9 iyul, 23:45

    Joze Mourinyo sobiq shogirdini “Fenerbahche”ga olib kelmoqchi

    Sport | 9 iyul, 23:30

    “Ikki marta ko‘rgan insonimga turmushga chiqqanman”. Shahzoda Muhammedova oilasi, farzandlari va biznesi haqida gapirdi

    Shou-biznes | 9 iyul, 23:25

    Toshkent 20 yildan keyin qay ko‘rinishda bo‘ladi? Prezidentga yangi reja taqdim etildi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:50

    The Guardian: Grok sun’iy intellekti natsistga aylandi va o‘zini MexaGitler deb atadi

    Dunyo | 9 iyul, 22:45

    O‘zbekistonga go‘sht importi keskin ko‘paydi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.