O‘zA tomonidan koronavirus kasalligidan aziyat chekkan oila haqida videolavha tayyorlangan edi. Unda Shohista Abdumavlonovaning o‘g‘li bilan koronavirusga qarshi kurashish taassurotlari bayon etilgan.
Videolavhada bolakay sportga qiziqishini ham aytib o‘tgan edi. Bolakayning aytishicha, u velosiped olish uchun yig‘ib qo‘ygan pullarini dori-darmonga ishlatishga majbur bo‘lgan.
Ushbu videolavhaga olib chiqilgan oila Jismoniy tarbiya va sport vazirligining e’tiboriga tushgan. Shu sabab vazirlik nomidan bolakayga velosiped sovg‘a qilindi.
https://www.youtube.com/watch?v=4rF87_dYxDc&feature=youtu.be&ab_channel=UzA%E2%80%94%D0%A0%D0%B0%D1%81%D0%BC%D0%B8%D0%B9%D0%BA%D0%B0%D0%BD%D0%B0%D0%BB
Shuningdek, vazirlik vakillari bolaning qiziqishlarini inobatga olgan holda uni kelgusida Bolalar va o‘smirlar sport maktabiga qabul qilishni va’da berdi.
Avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev jurnalist Bobomurod Abdullayevga uch xonali uy sovg‘a qilgani haqida xabar berilgandi.