“Barselona”ning uy stadioni “Kamp Nou” 2017-yilda terrorchilar nishoniga aylanishi mumkin edi.
Diario Sport’ning xabar qilishicha, IShID terrorchilik guruhi a’zolari “Barselona” stadionini terakt nishonlaridan biri sifatida tanlagan. Voqea 2017-yilning 20-avgustida o‘tkazilgan “Barselona” — “Betis” uchrashuvida ro‘y berishi rejalashtirilgan.
Ushbu ma’lumotlar 2017-yilning 17-avgustida sodir etilgan Kataloniyadagi terrorchilik xurujlariga aloqador kishilarning so‘roq qilish natijasida olingan. O‘sha vaqtda 16 kishi vafot etgan va yuzlab odamlar tan jarohati olgandi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!