Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda shu yilning yanvar—sentabr oylarida 769,1 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan, deya xabar bermoqda Davlat statistika qo‘mitasi.

Qayd etilishicha, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ishlab chiqarish hajmidagi o‘sish 1,4 foizni tashkil etib, ishlab chiqarish hajmi 11,0 ming tonnaga ko‘paygan.

Avtomobil benzini ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan avtomobil benzinining jami hajmida eng yuqori ulushga ega bo‘lgan hududlar:

  • Buxoro viloyati – 80,6 foiz;
  • Farg‘ona viloyati – 18,5 foiz;
  • Qashqadaryo viloyati – 1,0 foiz.
O‘zbekiston 2020-yilning 9 oyida xorijiy davlatlarga 55,9 million litr yoki 15,6 million AQSh dollarlik avtomobil benzinini eksport qilgan. Respublikaga xorijiy davlatlardan 152,9 million litr yoki 33,1 million AQSh dollarlik avtomobil benzini import qilingan.

Avvalroq Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekistonda 9 oyda qancha sement ishlab chiqarilgani ma’lum qilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiyada sodir bo‘lgan YTHda bir nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi, yana to‘rt kishi jarohat oldi
Dunyo
Tojikistonda muzliklar erishi tezlashdi. Bu muzliklar deyarli butun Markaziy Osiyoni chuchuk suv bilan ta’minlaydi
Dunyo
Zelenskiy Putinning hibsga olinishiga berilgan orderni “burilish nuqtasi” deb atadi