Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun imzolandi.
Qonun bilan 10 ta qonun va 2 ta kodeks talablari Soliq kodeksiga moslashtirildi.
Xususan, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish kiritilib, tadbirkorlarni tekshirishning amaldagi tartibi bekor qilinib, tekshirish talabi Soliq kodeksiga moslashtirildi. Endi tadbirkorlarni tekshirish “xavfni tahlil etish” tizimi natijalari asosida amalga oshiriladi.
Bundan buyon soliqlarning kameral tekshiruvidan boshqa barcha tekshirishlar elektron tizimda ro‘yxatga olinadi. Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimida ro‘yxatga olmasdan o‘tkazilgan tekshiruvlar qonunga xilofdir.
Mavzuga doir: O‘zbekistonda 2020-yilda budjet prognozini bajarish uchun tadbirkorlardan 823 mlrd so‘m ortiqcha soliq undirilgan
Ushbu qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Avvalroq Shavkat Mirziyoyev farmoniga asosan davlat korxonalarini transformatsiya qilish va davlat aktivlarini xususiylashtirish bo‘yicha choralar belgilangan edi.
Izoh (0)