• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Messi bilan hozirgi munosabati, Ronald Kuman, Bartomeu va “Barsa” darvozasiga urgan golni nishonlamasligi haqida Luis Suares intervyusi

    “Barselona” so‘nggi yillarda shu darajada katta muammolar girdobiga tushib qoldiki, hatto klubni o‘zidan-da yaxshi ko‘radigan afsona Messi ham uni tark etishni xohlab qoldi. Biroq ana shunday bir paytda jamoaning boshqa bir afsonasiga shunchaki chiqish eshiklari ko‘rsatildi. Ha, bu Luis Suares edi. Klub ochiqchasiga undan voz kechdi, qo‘ydi. Uning shuncha yillik mehnatlari qadrlanmadi...

    Suaresning maydon va uning tashqarisidagi eng yaqin do‘sti Messi uning klubdan quvilganiga norozilik bildirar ekan, quyidagi so‘zlarni yozdi: “Ketganingni qabul qilishni boshladim, biroq bugun kiyinish xonasiga kirdim va o‘sha yerda bo‘layotgan voqealarni to‘liq his qildim. Kunni sensiz o‘tkazish naqadar qiyin bo‘lishini anglayapman, maydonda ham, uning tashqarisida ham. Seni juda sog‘inamiz. Necha yillik birgalikdagi tushlik va kechki ovqatlanishlar...

    Seni boshqa klub libosida ko‘rish g‘alati bo‘ladi, senga qarshi o‘ynash esa undan ham g‘alati. Sen “Barselona” tarixidagi eng muhim o‘yinchilardan biri eding, sovrin va individual yutuqlaring tufayli munosib xayrlashishlariga loyiq eding. Klubdan bu kabi irg‘itib yuborishlariga loyiq emas eding. Biroq meni endi hech nima ajablantirmayapti. Yangi sarguzashtlaringda barcha yaxshi tilaklarni bildirib qolaman. Seni juda yaxshi ko‘raman. Yaqinda ko‘rishamiz, do‘stim”.

    Luis esa o‘ziga yangi jamoa topishda va unga moslashishda muammolarga duch kelmadi. U Ispaniyaning boshqa bir klubi “Atletiko” safiga qo‘shilib, u yerda birdaniga “o‘ziniki” bo‘lib oldi va ketma-ket gollar ura boshladi. Mahalliy AS nashri Suaresni suhbatga tortib, undan Messi bilan hozirgi munosabati, Ronald Kuman va Xosep Bartomeu haqidagi fikrlarini so‘radi. “Daryo” quyida mazkur intervyuni o‘zbek tilida taqdim etadi.

    Messi bilan hozirgi munosabatlari haqida

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    “Biz tez-tez gaplashib turamiz. Ammo biz ko‘proq hayot haqida gaplashmoqdamiz. Bugungi kunda sodir bo‘layotgan voqealar to‘g‘risida. Shu kunlarda o‘g‘illarimizning tug‘ilgan kuni bo‘ldi va biz bu narsalar haqida suhbatlashdik. Bizning munosabatlarimiz yaxshi va biz faqat futbol haqida emas, balki shaxsiy masalalarda ham bir-birimizga suyanishga harakat qilamiz”.

    Messiga bo‘layotgan tanqidlar haqida

    “U hozir 33 yoshda va u har qanday vaziyatga qanday bardosh berishni biladi. Men uni oldingidek tashna holda ko‘ryapman. U hamon futboldan zavqlanmoqda va taslim bo‘lgani yo‘q, muhimi shu. Chunki ba’zida to‘p darvozaga kirishni istamasa ham, harakat qilaverish kerak. Bu u haqida ko‘p narsani anglatadi”.

    “Barsa” bilan shartnomasi tugaganidan keyin Leoning “Atletiko”ga o‘tishi mumkinligi haqida

    “Messi o‘zi hal qilishi kerak bo‘lgan qarorlarni qabul qila oladi. Men hech qachon undan hech narsa so‘ramayman. Men uni har doim, qayerda bo‘lishidan qati nazar himoya qilaman. U o‘zi xohlagan qarorlarni qabul qilishdan xursand bo‘ladi”.

    Ronald Kuman bilan munosabatlari haqida

    “Kuman bilan munosabatlarim professional bo‘lgan. U bu haqida menga o‘z vaqtida ma’lum qildi (klubdan ketishi kerakligini telefon orqali aytgan) va men unga o‘zimga klub topgunimga qadar jamoada mashg‘ulotlarni davom ettirish huquqim borligini aytdim. Uch hafta davomida to‘liq professionallik bilan mashg‘ulot o‘tkazdim. Meni alohida mashg‘ulot o‘tkazishga yuborishdi va men bunga ham ko‘ndim, u mening ahvolimni bilgani uchun buni tushundi”.

    Bartomeuning istefosi haqida:

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    “Haqiqat shuki, “Barselona”da sodir bo‘layotgan voqealar meni qiziqtirmayapti. Hozir “Atletiko”daman va shu klub sharafini himoya qilyapman. “Barsa”da bo‘layotgan voqealardan uzoqroq bo‘lishni afzal ko‘raman”.

    “Barselona”ga urilgan golini nishonlash, nishonlamasligi haqida:

    “Agar “Barsa”ga gol ursam, jamoadoshlarim va menga shuncha narsa bergan klubga bo‘lgan hurmatim tufayli uni nishonlamagan bo‘lardim. Shubhasiz, ko‘plab do‘stlarim bilan uchrashish bu alohida voqea bo‘ladi, ammo “Atletiko” sharafini o‘lgunimcha himoya qilaman”.

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    10.11.2020, 10:00   Izoh (0)   25926
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Nasri, Manjukich, Pato va boshqalar. Bir necha yil avval klubining asosiy futbolchisi bo‘lgan, hozir esa ishsiz qolgan yulduzlar

    09.11.2020, 23:58

    Zinedin Zidan “Real”da Visente del Boskening ko‘rsatkichini takrorladi

    09.11.2020, 23:15

    Madiyor Saidrahimov: “Niyatim 1-raqamli bokschiga aylanish edi, Sanjar Tursunovni yengib bunga erishdim”

    09.11.2020, 22:43

    “Barselona”ning 18 yoshli futbolchisi Ansu Fati qancha muddatga safdan chiqqani ma’lum bo‘ldi

    09.11.2020, 22:01

    Rossiyalik MMA afsonasi Habib va Getji o‘rtasidagi jangni kelishilgan deb atadi

    09.11.2020, 21:16

    “Real”ning ikki yetakchisi “Valensiya”ga qarshi o‘yinda jarohat oldi

    09.11.2020, 20:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent ko‘chalaridan biri avtomobil va yo‘lovchilar uchun bir oyga yopiladi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 00:23

    Nepalda onlayn firibgarlik va jinoyatchilik ko‘payishi sababli Telegram bloklandi

    Dunyo | 18 iyul, 23:57

    Qirg‘iziston Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegaralar tutashgan nuqta to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

    Dunyo | 18 iyul, 23:30

    O‘zbekistonda sudlar tomonidan oqlangan shaxslar soni 2,5 baravar kamaydi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 23:11

    Yaponiyada qotillikda ayblanib, 39 yil qamoqda o‘tirgan erkak aybsiz deb topildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:50

    Tramp, Putin va Si Szinpin sentyabrda Xitoyda uchrashishi mumkin — The Times

    Dunyo | 18 iyul, 22:35

    Tramp The Wall Street Journal ustidan sudga murojaat qilish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.