“Real”ning “Valensiya”ga qarshi uchrashuvi (1:4) madridliklar ustozi Zinedin Zidan uchun jamoa boshqaruvidagi 153-o‘yin bo‘ldi.
Fransiyalik mutaxassis “Real” murabbiylari orasida klub boshqaruvida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan ikkinchi shaxsga aylandi. “Valensiya”ga qarshi o‘yinda Zidan Visente del Boskening (153) ko‘rsatkichini takrorladi.
Zinedindan oldinda faqat Migel Munyos bor, u “Real”ni 424 ta o‘yin davomida boshqarib borgan.
“Real” Zidan qo‘l ostida 104 ta g‘alabaga erishdi, 30 bor durang o‘ynadi va 19 marta mag‘lubiyatga uchradi.
“Qirollik klubi” keyingi o‘yinni 21-noyabrda “Vilyarreal”ga qarshi o‘tkazadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)