• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Nasri, Manjukich, Pato va boshqalar. Bir necha yil avval klubining asosiy futbolchisi bo‘lgan, hozir esa ishsiz qolgan yulduzlar

    Yevropada transfer oynasi allaqachon yopilib bo‘lgan, biroq erkin agent maqomidagi futbolchilar hamon o‘zi uchun yangi klub izlash bilan ovora. Ajablanarlisi, ularning orasida dunyo tanigan nomdor futbolchilar ham bor. Ular ma’lum sabablarga ko‘ra transfer oynasi vaqtida o‘zlariga yangi jamoa topa olmay qoldi. Quyida aynan bir necha yil oldin o‘z klublarida yetakchi bo‘lgan, hozir esa hech kimga kerak bo‘lmay qolgan futbolchilar haqida fikr yuritiladi.

    Daniel Starrij (31 yosh, so‘nggi klubi “Trabzonspor”)

    Foto: Goal

    Foto: Goal

    Starrij Brendan Rojers qo‘l ostida Luis Suares bilan ajoyib tandem hosil qilgandi. Ammo Yurgen Klopp angliyalik futbolchining xizmatlaridan voz kechdi. Bundan tashqari, germaniyalik mutaxassis futbolchining tez-tez jarohat olishidan ko‘ngli to‘lmasdi. Shu tariqa Starrij 2019-yilning yozida erkin agentga aylanib, Turkiyaning “Trabzonspor”i bilan uch yillik shartnoma imzoladi. Ammo 2020-yilning mart oyida Starijning akasi futbolchining transferi yuzasidan garov o‘ynagani uchun u to‘rt oyga futboldan chetlatildi. Shu tufayli u 16 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urgan turk klubi bilan shartnomasini bekor qilishga majbur bo‘ldi. Avgust oyida Starrij Sky Sports’ga bergan intervyusida Premyer Ligaga qaytmoqchi ekanini aytgandi. Biroq Premyer Liga klublari uning qaytishini xohlamayapti. Muammo ham shunda aslida.

    Jek Uilsher (28 yosh, so‘nggi klubi “Vest Hem”)

    Foto: SportArena

    Foto: SportArena

    Uilsher Angliyaning eng iqtidorli yarim himoyachilaridan biri hisoblanib, muntazam ravishda Arsen Vengerning “Arsenal”ida asosiy tarkibdan joy olardi. Jek ketma-ket ikki marta (2014 va 2015-yillarda) Angliya Kubogini qo‘lga kiritgan London jamoasining asosiy bo‘lagi edi. Biroq futbolning qora tomoni bo‘lgan jarohatlar ko‘plab iqtidorlar singari, Uilsherning faoliyatini ham barbod qildi. 2018-yilda “kanonirlar” safini tark etganidan so‘ng u “Vest Hem” safiga borib qo‘shildi. Ammo Uilsher u yerda ikki mavsumda barcha turnirlarda atigi 19 uchrashuv o‘tkazib, 1 tadan gol va golli uzatmaga mualliflik qildi.

    Oktabr oyining boshida “Vest Hem” Uilsher bilan shartnomani bekor qilishga qaror qildi. The Times ma’lumotlariga ko‘ra, Jek u yerda haftasiga 100 ming funt olgan. 28 yoshli futbolchi hozirda o‘zini sog‘lom, kuchli va o‘ynashga tayyor ekanligini aytib, yangi klub izlash bilan shug‘ullanmoqda.

    Denni Uelbek (29 yosh, so‘nggi klubi “Uotford”)

    Foto: SportArena

    Foto: SportArena

    “To‘pchilar” safida jiddiy jarohatlardan azob chekkan yana bir futbolchi Uelbek edi. 2018-yilda jiddiy jarohat olgan Denni ikki marotaba operatsiya qilindi. 2018/2019-yilgi mavsum oxirida u erkin agent sifatida “Uotford” bilan shartnoma imzoladi. Yangi klubi safida u barcha musobaqalarda 20 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urdi. Biroq odatda hujumchilardan yuqoriroq samaradorlik kutiladi. Buning ustiga jamoa ham mavsum yakunlariga ko‘ra, Premyer Ligani tark etdi. Shu bois ikkala tomonning roziligi bilan 2020-yilning oktabr oyida shartnoma bekor qilindi.

    Samir Nasri (33 yosh, so‘nggi klubi “Anderlext”)

    Foto: “mtnfootball.com”

    Foto: “mtnfootball.com”

    Fransiyalik futbolchi “Manchester Siti” bilan ikki bor Angliya chempioniga aylangandi. Biroq 2017-yilda Manchesterni tark etganidan keyin hamon biron joyda qo‘nim topishga qiynalmoqda. “Antalyaspor”da (Turkiya) u atigi 8 ta o‘yin o‘tkazib, 2018-yilning fevral oyida antidoping qoidasini buzgani uchun olti oylik diskvalifikatsiyaga uchradi. Apellyatsiya shikoyatidan so‘ng esa muddat yana bir yilga uzaytirildi. Shu tariqa Nasri 2019-yilning yanvaridagina “Vest Hem” bilan shartnoma imzolab, futbolga qaytdi. Ammo u yerda ham u barcha turnirlarda atigi oltita uchrashuvda qatnashib, ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

    2019-yilning yozida Samir “Anderlext”dagi faoliyati bilan karyerasini tiklamoqchi bo‘ldi. Biroq Belgiyada u faqat koronavirus pandemiyasi paytida klub qoidalarini buzgani bilangina yodda qoldi, xolos. 33 yoshli fransuz klubga xabar bermasdan, Dubayga sayohatiga yo‘l olgan. Futbolchining o‘zi hech qayerga uchmaganligini ta’kidlagan. Nima bo‘lganda ham endi bularni muhokama qilishdan ma’no yo‘q. Boisi tomonlar allaqachon hamkorlikni to‘xtatgan. Ortda qolgan yozdan boshlab, Nasri yana erkin agentga aylandi, ammo hech bir klub uni hamon o‘z safiga chorlanicha yo‘q.

    Mario Manjukich (34 yosh, so‘nggi klubi “Al-Duhail”)

    Foto: Goal

    Foto: Goal

    2018/2019-yilgi mavsum oxirida “Yuventus”dan ketgan Manjukich Qatarning “Al- Duhail” klubiga o‘tdi. Ammo u yerda faqat 10 ta o‘yin o‘tkazib, atigi 2 ta gol urdi. Iyul oyi o‘rtalarida esa xorvatiyalik hujumchi Qatar klubi bilan shartnomasini bekor qildi. Aynan o‘sha pallada “Lokomotiv Moskva” futbolchining vakillari bilan muzokaralar olib borishni boshlagandi. Mario “temiryo‘lchilar” safiga qo‘shilishga juda yaqin edi, ammo so‘nggi daqiqalarda yevroning yuqori kursi tufayli bitim amalga oshmay qoldi. Bundan tashqari, “Milan” va A Seriyaning yangi vakili “Benevento” ham unga qiziqish bildirgandi. Biroq Manjukich hamon ishsiz.

    Aleshandre Pato (31 yosh, so‘nggi klubi “San-Paulu”)

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Braziliyalik futbolchining “Milan” safida porlaganini ko‘pchilik yaxshi eslasa kerak, biroq Pato aynan cho‘qqidaligida, kutilmaganda vataniga “Korintians”ga qaytishga qaror qildi. 2016-yilda u yana Yevropaga qaytdi: “Chelsi” va “Vilyarreal”da o‘ynab keta olmadi. Shundan so‘ng Xitoyning “Tyanszin Tyanxay” klubiga o‘tdi, chin yurtida u 60 uchrashuv o‘tkazib, 36 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. 2019-yilning mart oyida esa Pato “San-Paulu”ga qaytdi, Braziliya klubi tarkibida u 35 ta o‘yin o‘tkazib, 9 ta gol urdi. Aprel oyi boshida 31 yoshli futbolchi o‘zini yana Yevropada sinab ko‘rmoqchi ekanini aytdi. Shu tariqa avgustda “San-Paulu”ni tark etgan Pato hanuzgacha yangi klub topgani yo‘q.

    Shinji Kagava (31 yosh, so‘nggi klubi “Saragosa”)

    Foto: Sportbox

    Foto: Sportbox

    Yaponiyalik futbolchi Yurgen Klopp boshqaruvidagi “Borussiya D”ning asosiy figuralaridan biri edi. 2019-yilda “arilar” safini tark etgan Kagava kutilmaganda Segunda vakili “Saragosa” bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Shinji ispan klubida 36 o‘yinda maydonga tushdi. Biroq klub La Liga yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmadi. “Saragosa” turnir jadvalida 3-o‘rinni egalladi, o‘tish o‘yinida esa ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, “Elche”ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Oktabr oyi boshida Kagava klub muxlislari bilan xayrlashib, Ispaniya klubini tark etishga qaror qildi. Hozirda esa Kagava sabrsizlik bilan qishki transferlar oynasini kutmoqda.

    Boshqa maqolalar:

    • Dembele, Grizmann, Koutinyo va boshqalar. “Barselona”dan surgun qilingan Bartomeuning transfer xatolari haqida
    • Qarzlar, shubhali homiylar va boyishda davom etayotgan xo‘jayinlar. “Manchester Yunayted”ga nimalar bo‘lmoqda?

    09.11.2020, 23:58   Izoh (0)   41526
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Zinedin Zidan “Real”da Visente del Boskening ko‘rsatkichini takrorladi

    09.11.2020, 23:15

    Madiyor Saidrahimov: “Niyatim 1-raqamli bokschiga aylanish edi, Sanjar Tursunovni yengib bunga erishdim”

    09.11.2020, 22:43

    “Barselona”ning 18 yoshli futbolchisi Ansu Fati qancha muddatga safdan chiqqani ma’lum bo‘ldi

    09.11.2020, 22:01

    Rossiyalik MMA afsonasi Habib va Getji o‘rtasidagi jangni kelishilgan deb atadi

    09.11.2020, 21:16

    “Real”ning ikki yetakchisi “Valensiya”ga qarshi o‘yinda jarohat oldi

    09.11.2020, 20:36

    Abdumalik Halakov: “O‘zbekiston chempionati — biz uchun eng qiyin musobaqa, bu yerdagilardan chetdagi raqiblar yengilroq”

    09.11.2020, 20:03
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi

     

    Tavsiya etamiz

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH Venesuela prezidenti Nikolas Maduro boshi uchun 50 mln dollar mukofot puli e’lon qildi

    Dunyo | 8 avgust, 11:52

    Janglar tufayli 22 mingdan ortiq somalilik o‘z uyini tark etgan — BMT

    Dunyo | 8 avgust, 11:40

    Instagram: Toshkentda konsert bergan Jey Lo, farzandini uyga olib chiqqan Afruza, Madina Tojiboyevaning to‘yidan reportaj

    Layfstayl | 8 avgust, 11:36

    Ukrainadagi urushni tugatishning 5 ta yo‘li ma’lum qilindi

    Dunyo | 8 avgust, 10:55

    O‘zbekistonda dam olish kunlari harorat ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 10:52

    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?

    Reklama | 8 avgust, 09:00

    Sog‘liqni saqlash vazirligi soxta tabiblardan ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 10:36

    Malayziyada homiladorlik tufayli 28 yoshli ayol to‘satdan “qarib qoldi” (foto)

    Dunyo | 8 avgust, 10:24
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.