Ozarbayjon Qurolli kuchlari Tog‘li Qorabog‘dagi Shusha shahrini nazorat ostiga oldi. Bu haqda Tog‘li Qorabog‘ prezidenti matbuot kotibi Vagram Pogosyan ma’lum qildi, deb yozmoqda Meduza.
“Afsuski, omadsizlik bizni ta’qib qilmoqda va Shusha shahri to‘laligicha bizning nazoratimiz ostidan chiqdi”, — deya tasdiqlagan Pogosyan.
Shusha shahrining qo‘lga olingani haqida 8-noyabr kuni Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev ma’lum qilgan. Ozarbayjon Mudofaa vazirligi esa 9-noyabr kuni Shushadan olingan videoni e’lon qilgan.
https://twitter.com/wwwmodgovaz/status/1325784821961023490
Shusha Tog‘li Qorabog‘ning asosiy shaharlaridan biri bo‘lib, u poytaxt Stepanakert shahridan 11 kilometr uzoqlikda joylashgan.
Tog‘li Qorabog‘dagi Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi mojaro 27-sentabrdan boshlab jiddiy tus oldi. Ikki tomon bir-birini o‘t ochishda ayblamoqda. Mintaqada bir necha marta o‘t ochishni to‘xtatish rejimi haqida e’lon qilindi, biroq bu rejim har safar buzildi.
Izoh (0)