Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ozarbayjon tomonga tajovuz uyushtirilgan taqdirda, rasmiy Boku Turkiyaning harbiy ishtiroki masalasini ko‘rib chiqishga tayyor, deya ma’lum qildi Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev BBC News nashriga bergan intervyusida. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.

Foto: “Kommersant”

Foto: “Kommersant”

Ozarbayjon prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Turkiya va Ozarbayjon o‘rtasidagi yordam haqidagi kelishuv xuddi Rossiya va Armaniston o‘rtasidagi shunday kelishuvga o‘xshaydi.

“Men mojaroning xalqaro miqyosga chiqishiga qarshi ekanligimiz haqida bir necha marta gapirganman, biz barcha mamlakatlardan, qo‘shni mamlakatlardan va qo‘shni bo‘lmagan mamlakatlardan bu mojarodan uzoqroq turishni so‘radik. Biz xalqaro darajada tan olingan o‘z yerimizda jang qilyapmiz. Demak, bu bizning pozitsiyamiz. Men o‘ylaymanki, hozir yuz berayotgan narsa davom etadi. Shu sababli Turkiyaning qandaydir harbiy ishtirokiga hech qanday zarurat bo‘lmaydi. Biroq biz Turkiya bilan bir necha yil avval tajovuz bo‘lgan taqdirda, harbiy ko‘makni ham nazarda tutuvchi hujjatni imzolaganmiz. Shunday qilib, bizda Armaniston va Rossiyada bo‘lgani kabi ozmi-ko‘pmi shunday huquqiy asos bor. Shuning uchun agar Ozarbayjon tajovuzga duch kelsa va agar Ozarbayjon Turkiya harbiy yordamining zarurligini ko‘rsa, biz bu variantni ko‘rib chiqamiz”, — deya ma’lum qilgan Ilhom Aliyev.

Tog‘li Qorabog‘dagi Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi mojaro 27-sentabrdan boshlab jiddiy tus oldi. Ikki tomon bir-birini o‘t ochishda ayblamoqda. Mintaqada bir necha marta o‘t ochishni to‘xtatish rejimi haqida e’lon qilindi, biroq bu rejim har safar buzildi. CNN Turk telekanalining diplomatik manbalariga tayanib, 9-noyabr kuni xabar berishicha, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Rossiya prezidenti Vladimir Putinga mintaqadagi muammoni hal qilish uchun qo‘shma ishchi guruh tuzishni taklif qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 31-oktabr kuni Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanning Rossiya prezidenti Vladimir Putinga qilgan murojaati munosabati bilan agar to‘qnashuvlar to‘g‘ridan to‘g‘ri Armaniston hududiga o‘tkazilsa, Rossiya rasmiy Yerevanga yordam berishini ma’lum qilgandi.

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Germaniyaning ARD telekanaliga bergan intervyusida Qorabog‘ nizosi hududiga boshqa mamlakatlardan emas, Rossiyadan tinchlikparvarlarning kiritilishi eng samaralisi bo‘lishi mumkinligini aytgan.

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Italiyaning La Repubblica gazetasiga bergan intervyusida Yerevan bosib olingan hududlardan o‘z qo‘shinlarini olib chiqib ketish majburiyatini zimmasiga olsa, Boku Tog‘li Qorabog‘dagi urushni to‘xtatishga tayyor ekanligini ma’lum qilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
AQSH Yelsinning Ukraina haqidagi bayonotini maxfiylikdan chiqardi
Iqtisodiyot
Korrupsiya darajasi, iqtisodiy erkinlik indeksi: O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni qanday o‘zgarmoqda?
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda frilanserlik: ular qancha maosh oladi va nega ko‘paymoqda?