Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ayni paytda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Sog‘liqni saqlash sohasini isloh qilishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Tanqidiy-tahliliy ruhda kechayotgan majlisda ta’kidlanishicha, tor soha shifokorlarining 60 foiz vaqti faqat maslahat berishga sarflanmoqda.

“Navbatdagi vazifa – amaldagi sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishimiz zarur va shart. Buni hayotning o‘zi ko‘rsatib turibdi. Jumladan, birlamchi bo‘g‘in bo‘lmish qishloq vrachlik punktlari va oilaviy poliklinikalar ish olib bormayotgani uchun aholi to‘g‘ridan to‘g‘ri markaziy poliklinika yoki shifoxonalarga murojaat qilmoqda. Natijada, tor soha shifokorlarining 60 foiz vaqti faqat maslahat berishga sarflanmoqda. Afsuski, bu bo‘g‘inning mas’uliyati va javobgarligi aniq belgilanmagan.

2019-yilda mamlakatda o‘lim holatlarining 60 foizi tibbiyotning birlamchi bo‘g‘ini tomonidan oldini olish mumkin bo‘lgan yurak-qon tomir tizimi kasalliklari hisobiga to‘g‘ri keladi. 23 ming nafar bemor gipertoniyadan, 7 ming nafar infarktdan, 5 ming nafar qandli diabetdan, 3,6 ming nafar insultdan vafot etgan.

Endi vazirlik faoliyatiga, uning kadrlar masalasiga hech kim aralashmaydi. Vrach, kasalxona, poliklinikalar bosh shifokorlari yoki boshqa tibbiyot xodimlari birorta qo‘shimcha ishga jalb qilinmaydi. Prezident va bosh vazirdan boshqa birorta rahbar vazir va uning o‘rinbosarlarini yig‘ilishlarga chaqirishi taqiqlanadi. Bu talab joylarda hokimlarga ham tegishli.

Sog‘liqni saqlash tizimi holatini o‘rganib chiqish uchun 2 ta ishchi guruhi tashkil etiladi. Vazir A.Xojiboyev rahbarligidagi 1-guruh – vodiy viloyatlari, Jizzax, Samarqand, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahriga. Vazirning birinchi o‘rinbosari Amirillo Inoyatov rahbarligidagi 2-guruh – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlariga biriktiriladi.

Ishchi guruhlar ikki oy muddatda qishloq vrachlik punktlari va oilaviy poliklinikalardagi tibbiy xizmatni tashkil etish tizimi, shifokorlar va o‘rta tibbiyot xodimlarining vazifa va funksiyalarini to‘liq qayta ko‘rib chiqishi lozim”, dedi davlat rahbari.

Avvalroq Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida qator tayinlovlar amalga oshirilgandi. Xususan Abduhakim Xojiboyev O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri, Alisher Shodmonov Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori va Toshkent tibbiyot akademiyasi sobiq rektori Prezident maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangani haqida xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiya bosh vaziri Mishustin O‘zbekistonga keldi (foto)
Dunyo
“Daryo” kundaligida 1-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Eronda mamlakat terma jamoasining JChdagi mag‘lubiyatini nishonlagan yigit otib o‘ldirildi