O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov 2-noyabr kuni Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Roman Sklyar boshchiligidagi ushbu mamlakat hukumati delegatsiyasi vakillarini qabul qildi. Bu haqda Bosh vazir matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Bosh vazir matbuot xizmati

Xabar berilishicha, uchrashuvda oliy va yuqori darajada erishilgan kelishuvlarning joriy holati va istiqboli muhokama qilindi. O‘zbekiston—Qozog‘iston munosabatlarining dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Foto: Bosh vazir matbuot xizmati

Yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, tibbiyot, ta’lim, transport va logistika sohalari bo‘yicha yangi istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirish yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

Avvalroq Abdulla Aripov Rossiya bosh vaziri bilan ikki mamlakat hukumat rahbarlari boshchiligidagi qo‘shma komissiya majlisiga tayyorgarlikni muhokama qilgandi.