O‘zbekistonning tashqi savdodagi eng yirik hamkorlari ma’lum qilindi
O‘zbekiston bilan tashqi savdo aylanmasi hajmi yirik bo‘lgan davlatlar ro‘yxati Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, O‘zbekistonning eng yirik savdo hamkorlari ro‘yxatining birinchi o‘rinida 4,6 milliard (eksport – 1,4 milliard, import – 3,2 milliard) AQSh dollari hajmidagi savdo aylanmasi bilan Xitoy turibdi. Shuningdek, kuchli uchlikdan Rossiya (savdo aylanmasi – 4,1 milliard, eksport – 1,1 milliard, import – 3,0 milliard AQSh dollari) va Qozog‘iston (savdo aylanmasi – 2,0 milliard, eksport – 646,2 million, import – 1,3 milliard AQSh dollari) joy olgan.
Keyingi o‘rinlarni quyidagi davlatlar egallagan:
- Janubiy Koreya (savdo aylanmasi – 1,59 milliard, eksport – 34,1 million, import – 1,56 milliard AQSh dollari);
- Turkiya (savdo aylanmasi – 1,4 milliard, eksport – 650,9 million, import 783,2 million AQSh dollari);
- Qirg‘iziston (savdo aylanmasi – 660,7 million, eksport – 561,1 million, import 99,6 million AQSh dollari);
- Germaniya (savdo aylanmasi – 574,0 million, eksport – 51,3 million, import 522,8 million AQSh dollari);
- Afg‘oniston (savdo aylanmasi – 542,9 million, eksport – 541,3 million, import 1,7 million AQSh dollar);
- Tojikiston (savdo aylanmasi – 358,8 million, eksport – 289,1 million, import 69,7 million AQSh dollari);
- Turkmaniston (savdo aylanmasi – 323,6 million, eksport – 97,8 million, import 225,9 million AQSh dollari).
Avvalroq O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 3,7 mlrd dollarga kamaygani xabar qilingandi.
Mavzuga doir: