• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qozog‘istonlik deputatlar mamlakat ichki bozorini O‘zbekistondan himoya qilishga chaqirdi

    Qozog‘istonning “Oq yo‘l” demokratik partiyasi deputatlari fraksiyasi O‘zbekistondan Qozog‘istonga import qilinadigan mahsulotlarga cheklov o‘rnatishni taklif qildi. Bu haqdagi deputatlik so‘rovini partiya raisi Azat Peruashev parlament yig‘ilishida ma’lum qildi, deb yozmoqda Spot.

    Azat Peruashev

    Azat Peruashev
    Foto: “SNG Today”

    Partiya raisining ta’kidlashicha, potensial eksportchi mamlakatlarning (bu holatda O‘zbekiston) Qozog‘iston mahsulotlariga nisbatan cheklov choralari Qozog‘iston eksportining o‘sishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston bilan mahsulot ayirboshlash hajmi 2019-yil yakunlariga ko‘ra 2,7 milliard dollarni tashkil qilgan, biroq bu ko‘rsatkich bundan ham yuqori bo‘lishi mumkin edi, eksport hajmi esa nisbatan murakkab va daromadli. Biroq ma’lum sharoitlar asosida.

    Deputatning qayd etishicha, 1997-yilda mamlakatlar o‘rtasida Erkin savdo to‘g‘risida kelishuv imzolangan bo‘lsa ham, O‘zbekiston 96 turdagi tovarga nisbatan 5 foizdan 50 foizgacha bo‘lgan aksiz solig‘i joriy qilgan. Imzolangan kelishuvga ko‘ra, tomonlar bir-biriga bojxona bojlari, soliqlar va yig‘imlar, shuningdek, tomonlardan birining bojxona hududidan kelib chiqadigan mahsulotlar eksporti va/yoki importiga nisbatan miqdoriy cheklovlar qo‘llamagan holda erkin savdo rejimini taqdim etadi.

    Deputatning fikricha, bu O‘zbekiston 2011-yilning 18-oktabrida qo‘shilgan Erkin savdo zonasi haqidagi shartnomaga mos kelmaydi. Shartnomaga ko‘ra, ishtirokchi mamlakatlar tomonlarning bojxona hududidan kelib chiqadigan mahsulotlar importiga nisbatan bojxona bojlari qo‘llamaslik majburiyatini qabul qiladi.

    “O‘zbekiston tomoni Qozog‘istondan qayta ishlangan mahsulotlar importini ataylab cheklab qo‘ymoqda, bu esa xomashyo (birinchi navbatda qishloq xo‘jaligi: bug‘doy, moyli urug‘lar, go‘sht va hayvon terilari va boshqalarni) eksport qilishni rag‘batlantiradi”, — dedi u.

    Partiya vakilining aytishicha, kelgusida ushbu xomashyo qayta ishlanib, O‘zbekistonda qo‘shimcha qiymat, ish joylari va yuqori daromadlarni qoldiradi va Qozog‘iston xomashyosidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning bir qismi yana eksport qilinadi, shu jumladan, Qozog‘iston bozoriga.

    Qayd etilishicha, Qozog‘istonda O‘zbekistondan import qilinadigan tovarlarga solinadigan aksiz solig‘i yoki boshqa soliqlar mavjud emas.

    Deputatning ta’kidlashicha, bunday sharoitda qozog‘istonlik ishlab chiqaruvchilar uchun nafaqat o‘zbek bozorida, balki Qozog‘istonning o‘zida ham o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar bilan raqobatlashish juda qiyin.

    “O‘zbekistonning faol va iqtisodiy jihatdan tushunarli bo‘lgan soliq-budjet siyosati mamlakatimizning milliy iqtisodiy manfaatlariga zarar yetkazadi”, — deya xulosa qiladi qozog‘istonlik deputat.

    Siyosatchining bildirishicha, yuridik jihatdan Qozog‘iston va O‘zbekiston bir-biriga “erkin savdo” rejimini, ya’ni tovarlarni eksport qilish va import qilish uchun teng sharoitlarni ta’minlashi kerak. Amalda esa qozog‘istonlik tadbirkorlar potensial daromadlarining sezilarli qismini yo‘qotib, tayyor mahsulotlarni emas, balki qayta ishlanmagan xomashyoni sotishga majbur bo‘lmoqda.

    “Oq yo‘l” partiyasi fraksiyasining deputati Qozog‘iston davlat organlarini tanqid qildi. Uning fikricha, davlat organlari passiv pozitsiyani egallaydi va sheriklar bilan tenglik asosidagi munosabatlarni o‘rnatishga yoki hech bo‘lmaganda erishilgan kelishuvlarning bajarilishini talab etishga harakat qilmaydi.

    “Bu holat budjet yo‘qotishlariga (xomashyo sotish rentabelligining pastligi sababli) va Qozog‘iston iqtisodiyotining xomashyo yo‘nalishini va past texnologik murakkabligini saqlashga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda”, — deydi Azat Peruashev.

    Shu munosabat bilan deputat ushbu masala hukumatlararo darajada hal bo‘lguncha, xomashyo eksportini cheklash va qayta ishlangan mahsulotlarni O‘zbekistonga yetkazib berishni rag‘batlantirish hamda ushbu respublikadan keladigan tovarlarga qo‘shimcha soliq solishni ko‘zda tutuvchi bojxona siyosatini joriy etishni taklif qildi.

    Mavzuga doir:

    • O‘zbekistonda bir qator tovarlarga import bojini kamaytirish masalasi muhokama qilindi
    • O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 3,5 mlrd dollarga kamaydi

    25.09.2020, 08:56   Izoh (0)   58599
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Zangiotadagi xonadondan 20 ming dollarlik taqinchoqlar, 3 ta telefon va 5300 dollar o‘g‘irlagan mirishkorlik shaxs qo‘lga olindi

    25.09.2020, 08:35

    BMTning to‘yib ovqatlanmaydiganlar ulushi reytingida O‘zbekiston ma’lumotlari ijobiy tomonga o‘zgardi

    25.09.2020, 08:25

    Toshkentdagi “Universal” sport majmuasida tashkil etilgan vaqtinchalik shifoxona shifokorining Prezidentga yo‘llagan videomurojaati bo‘yicha izoh berildi

    25.09.2020, 08:10

    O‘zbekiston Germaniyaga 8 oy davomida 5,4 million dollarga teng oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qildi

    25.09.2020, 07:54

    Uzbekistan Airways 1-oktabrdan Toshkent va Istanbul o‘rtasidagi parvozlar sonini ko‘paytiradi

    25.09.2020, 07:39

    Surxondaryoda Captiva olib qochgan 29 yoshli yigit qo‘lga tushdi. U 10 yilgacha qamalishi mumkin

    25.09.2020, 07:24
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sirdaryoda 892 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik savdosi fosh etildi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 22:22

    Superliga. “OKMK” Muborakda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 22:20

    Isroil Eronning beshta harbiy obyektga zarba berganini yashirgani aniqlandi

    Dunyo | 5 iyul, 22:05

    BMT ishchi guruhi Gulnora Karimova ordersiz hibsga olingani haqida xulosa chiqardi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 21:44

    Toshkentda iyun oyida tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga nisbatan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan

    O‘zbekiston | 5 iyul, 20:28

    Makron Starmerdan Falastinni davlat sifatida tan olishni talab qilmoqda — Telegraph

    Dunyo | 5 iyul, 19:50

    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi

    Reklama | 5 iyul, 19:30

    Tramp Eronni uran boyitish ishlarini davom ettirayotganlikda aybladi

    Dunyo | 5 iyul, 19:05

    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!

    Reklama | 5 iyul, 18:48
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.