Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Chelsi” bosh murabbiyi Frenk Lempard futbolchilik faoliyatida o‘zi duch kelgan eng kuchli futbolchilar haqida gapirdi.

Foto: Twitter

Foto: Twitter

“Chelsi” sobiq yarim himoyachisi faoliyatida davomida birga to‘p surgan va raqib sifatida duch kelgan eng yaxshi o‘yinchilar so‘ralganida quyidagicha javob berdi.

“Men ikki o‘yinchini nomini aytaman, bu savolning ikkita qismi uchun ham javob bo‘ladi. Bu “Barselona”dagi Xavi va Inyesta. Garchi ular gavda jihatidan yirik emas, ancha kichik bo‘lgan bo‘lsa-da juda kuchli o‘yinchi edi.

Ular gavda hajmi muhim emasligini isbotlay olgan o‘yinchilar. Ba’zilar futbolchi bo‘lish uchun ulkan tanaga ega bo‘lish kerak deb hisoblaydi. Unday emas”, — deydi Lempard.

Lempard 2001—2014-yillar mobaynida “Chelsi” safida to‘p surgan. Jamoa afsonasi 2019/20-yilgi mavsum boshidan buyon “Chelsi”ni boshqarib kelmoqda.

Mavzuga doir: “Chelsi” afsonasi Frenk Lempardning londonliklar safidagi eng chiroyli gollari bitta sahifada (video)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Ekologik ofat”: Kaxovka GES portlashining beshta dahshatli oqibati
Kino
“Odamlarga insoniyatni qirib yuboruvchi kometadan qaysidir mashhur xonandaning ishqiy munosabati qiziqroq…” — “Tepaga qaramang” filmi haqida
Dunyo
Shimoliy Koreyada o‘z joniga qasd qiluvchilar soni ko‘paymoqda