The Independent nashri jurnalist Migel Dileyni UEFAning 2019/2020-yilgi Chempionlar Ligasi mavsumi yakunlari bo‘yicha eng tezkor futbolchilar aniqlagan texnik hisobotning bir qismini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, reytingning birinchi o‘rnidan “Bavariya”ga qarshi final o‘yinida 33,98 km/soat tezlikni qayd etgan PSJ hujumchisi Kilian Mbappe o‘rin olgan. Ikkinchi o‘rinni “Leypsig” himoyachisi Lukas Klostermann egallagan bo‘lsa (PSJga qarshi o‘yinda soatiga 33,82 km tezlik), kuchli uchlikka “Atalanta” qanot himoyachisi Hans Hatebur yakun yasab bergan (PSJga qarshi o‘yinda 33,71 km/soat tezlik).
Ma’lumot o‘rnida, dekabr oyida 22 yoshga to‘ladigan Kilian Mbappe joriy mavsumda barcha turnirlarda 6 uchrashuv o‘tkazib, 6 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022-yilda o‘z nihoyasiga yetadi.
Mavzuga doir:
- Neymar dunyoning eng yaxshi 5 futbolchisidan iborat ramziy terma jamoa tuzdi. Unda Ronaldu yo‘q
- Ayni damning eng qimmat futbolchilaridan iborat ramziy terma jamoa tuzildi. Unda Messi va Ronaldu yo‘q
- PSJ Mbappega 5 yil uchun 150 mln yevro to‘lashga tayyor. Futbolchiga “Real” qiziqish bildirmoqda
- “Oltin to‘p”, Zidan va fransuzcha Madrid. Kilian Mbappe nima uchun “Real”ga o‘tishi kerakligi haqida
Izoh (0)