• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    “O‘g‘irlanmagan kelin” 25 yoshda: Hind kinematografining shedevri qanday suratga olingan?

    Rejissor Aditya Chopraning debyut ishi – “O‘g‘irlanmagan kelin” suratga olinganiga 25 yil bo‘lganiga qaramay, qayta-qayta ko‘rsa bo‘ladigan ijod namunalari sirasiga kiradi. Butun dunyoda mashhurlikka erishgan mazkur film Filmfare Awards’ning 41-taqdirlash marosimida 14 nominatsiya va 10 mukofotni qo‘lga kiritgan. Barcha uchun sevimli bo‘lgan film qanday suratga olingani haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Rejissor avvaliga ingliz filmi sifatida, bosh qahramonlarni Tom Kruz va Kajol ijrosida tasavvur qilgan. G‘oya bilan bo‘lishganida otasi amerikalik aktyorlarsiz hind filmi qilib, suratga olsa, yaxshi bo‘lishini tavsiya qilgan. Nasrin Kabirning Adityaning filmiga bag‘ishlangan kitobida rejissor Raj va Simranni hamma tomoshabin ularga o‘xshashni istaydigan sevishganlardek qilib ko‘rsatishni, yigitlar Simrandek qizni, qizlar esa Rajdek yigitni uchratishni orzu qilishini xohlaganini bildirgan.

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Yosh ijodiy jamoa

    Rejissor jamoasida Amrish Puri, Farida Jalal, Anupam Kxerni aytmaganda, asosan yosh aktyorlar bo‘lgan. 23 yashar aktyorga uning ukasi Uday, shuningdek, Karan Johar, Samir Sharmalar yordam bergan. Sahnalashtiruvchi rassom Sharmita Roy uchun “O‘g‘irlanmagan kelin” atigi uchinchi loyiha bo‘lgan.  Anaita Shroff Adajaniya Simranning dugonasi rolini o‘ynagan. Keyinchalik u Vogue India jurnalining bosh rahbari bo‘lib, Dipika Padukone va boshqa mashhur aktrisalar uchun o‘ziga xos uslub yaratgan.

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Kasting

    Rejissor Raj rolini avvaliga Saif Ali Xonga bermoqchi bo‘lgan. U boshqa bir esda qolarli sevgi hikoyasining ishtirokchisi bo‘lishga ulgurgan aktyorga rol berishni istamagan. Bu vaqtda Amir Xon va Salmon Xonlar allaqachon bunday hikoyalarning ishtirokchisiga aylanib ulgurgan bo‘lgan. Rejissor muxlislar Rajni romantik ijroda ko‘rinishi kutilmagan aktyor gavdalantirishini istagan. Bu vaqtda Shoxruh Xon arsenalida “yomon yigit” rollari bo‘lgan va Aditya uni boshqacha obrazda ommaga ko‘rsatib, hayron qoldirishi mumkinligini bilgan.

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Amrish Puri Simranning otasi roliga taklif qilingani ham filmning muvaffaqiyatini ta’minlagan. Muxlislar tasavvurida asosan salbiy qahramon roli bilan esda qolgan aktyorning qiziga “Jee le apni zindagi” qanday xohlasang, shunday yasha, deb aytgan so‘zlari ham u haqidagi tasavvurni o‘zgartirib yuborgan.

    Rajning otasi Anupam Kxer, Simranning singlisi Pudja Ruparel, onasi rolini o‘ynagan Farida Jalal va boshqalar esa filmning yanada muvaffaqiyatli chiqishiga hissa qo‘shgan.

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Eski hikoyani yangicha so‘zlab berish usuli

    Rejissorning mazkur filmdagi yutug‘i urf-odatlar va zamonaviylik orasidagi balansni topa olgan va buni filmda mujassam eta olgani hisoblanadi. Uning debyut loyihasidan keyin minglab hind turistlari bosh qahramonlardan o‘rnak olgan holda Yevropa bo‘ylab sayohat qilgan.

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Film ssenariysi va dialoglarni ham rejissorning o‘zi yozgan, unga oilaviy do‘sti Javed Siddiqi yordam bergan. Filmdagi mashhur ibora “Katta davlatlarda ham kichik ko‘ngilsizliklar bo‘lib turadi” hamda Rajning Simranni “senyorita” deb atash fikri ham Javedga tegishli.

    Hali hamon sevib tinglanadigan qo‘shiqlar

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Mazkur film Jatin va Lalitning musiqiy karyera borasida omadi chopishiga sabab bo‘lgan. Ayniqsa, “Tujhe Dekha Toh Yeh Jana Sanam” loyihaning mashhurlikka erishishida muhim rol o‘ynagan.

    “Avvallari odamlar men va akamni ishini yaxshi biladigan oddiy odam deb o‘ylagan, ammo bizni jiddiy qabul qilmagan. “O‘g‘irlanmagan kelin” taqdim qilinganidan keyin hammasi o‘zgargan. Ko‘p yillardan keyin ham bizning qo‘shiq qadrlanayotganiga guvoh bo‘lib, bu hayotga bekorga kelmaganimga amin bo‘laman”, — degan Jatin.

    Aditya filmni suratga olish uchun mukammal tayyorlangan: ssenariy, suratga olinadigan joylar, kasting, dialog, musiqa va boshqa har bir mayda detal e’tibordan chetda qolmagan. U nima xohlayotganini aniq bilgan. Qo‘shiqlar muallifi Anand Bakshi film xuddi Aditya aytganidek suratga olinsa, kinoprokatdan tushmasligini aytgan va shunday ham bo‘lgan.

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Foto: “Yandeks Dzen”

    25 yil kinoprokatda

    “25 hafta yoki 25 oy emas, 25 yil. Mening o‘g‘lim premyera bo‘lganidan ikki yil o‘tib, dunyoga kelgan. Bugun u 23 yoshda, film esa hali hamon kinoprokatlarda qo‘yiladi”, — deydi musiqiy boshqaruvchi.

    Mumbayning Maratha Mandir kinoteatrida 2020-yilning martiga qadar namoyish qilingan film pandemiya sabab barcha kinoteatrlar yopilmaganida, hali ham namoyish qilinayotgan bo‘lardi. Maratha Mandir kinoteatri boshqaruvchisi bundan bir necha yil avval film kinoprokatdan olinmoqchi bo‘lganida 40-50 nafar muxlis g‘azablanib, uni ekrandan olmaslikni talab qilganini, oqibatda intervyu berib, film muxlislar tashrif buyurar ekan, namoyishdan to‘xtamasligiga va’da berishiga to‘g‘ri kelganini ta’kidlaydi. Uning qo‘shimcha qilishicha, oddiy kunlarda “O‘g‘irlanmagan kelin”ni ko‘rish uchun zalda 45 foiz, bayram kunlari 70 foiz tomoshabin bo‘ladi. Filmning chipta narxi esa bir necha yildan beri o‘zgartirilmaydi. Kinozal yonida vokzal joylashgan va tashrif buyurgan tomoshabinlarning yarmi avtobus yoki poyezdda safarga chiqishdan avval filmni ko‘rib ketadi. Seanslar asosan ertalab va kunduzi bo‘ladi, aksari poyezd va avtobuslar esa kechasi yo‘lga chiqadi.

    Mavzuga doir:

    • Bollivudning Ginnes rekordlar kitobiga kiritilgan filmlari
    • “Katta davlatlarda ham kichik ko‘ngilsizliklar bo‘lib turadi”. Shohruxxon o‘ynagan filmlardagi iqtiboslar bo‘yicha test
    • Bollivudning eng yaxshi 5 ta filmi
    • Qizlar muxlislik qiladigan Bollivudning 10 nafar mashhur aktyori

    25.10.2020, 20:46   Izoh (0)   89036
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Forsaj” franshizasi 11-filmdan so‘ng yakunlanadi

    25.10.2020, 13:48

    Filmlarda suratga tushish jarayonida jarohat olgan Bollivud yulduzlari (foto)

    23.10.2020, 20:22

    Hind kinosi yulduzlarining sevimli aktyorlari (foto)

    21.10.2020, 12:34

    Bryus Uillis akkumulyatorlar reklamasida ishtirok etdi. Rolik xuddi “Qattiq yong‘oq” filmining navbatdagi qismi treyleridek ishlangan (video)

    20.10.2020, 20:58

    “Uzuklar hukmdori” filmi aktyorlari 19 yil ichida qanday o‘zgardi? (foto)

    20.10.2020, 18:45

    Bollivudning mashhur aktrisalari bir filmda suratga tushish uchun qancha gonorar oladi?

    20.10.2020, 10:23
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga vizasiz kira olishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 18:02

    Indoneziyada Levotobi Laki Laki vulqoni otildi (video)

    Dunyo | 2 avgust, 17:55

    Saudiya klubi “Liverpul” hujumchisi uchun kurashda yetakchiga aylanib oldi

    Sport | 2 avgust, 17:50

    Titanlar, o‘lim ilohlari va alkimyo haqida: eng mashhur yapon animelari

    Kino | 2 avgust, 17:35

    “Odam IMEI qonuni”. Jamoatchilik faollari xorijdan qaytganlarni OIV testdan majburiy o‘tkazishga oid yangi qonunga qanday munosabatda?

    O‘zbekiston | 2 avgust, 17:20

    Parijdan Lissabongacha: hayot sifati bo‘yicha dunyodagi eng qulay shaharlar reytingi e’lon qilindi

    Sayohat | 2 avgust, 16:55

    Konor Makgregor Irlandiya prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘yadi

    Dunyo | 2 avgust, 16:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.