• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12502.99
    • RUB155.94
    • EUR14484.71
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    Filmlarda suratga tushish jarayonida jarohat olgan Bollivud yulduzlari (foto)

    Aktyorlar mahoratli ijrosidan tashqari, dovyuraklik bilan tryuklarni amalga oshirishni ham yaxshi ko‘radi. Shuningdek, o‘ziga ishongan yulduzlar bunday qaltis harakatlarni kaskadyorlarga topshirishni xohlamaydi. Ammo bu jarayonda bir qancha kutilmagan holatlar tufayli baxtsiz hodisalar ham yuz berishi mumkin. Ekranda muvaffaqiyatli ko‘ringan sahnalar ortida ijodiy guruhning mashaqqati yotganini aktyorlarga yetgan jarohatdan ham bilish mumkin.

    Amitabx Bachchan

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Bollivudning eng faol aktyorlaridan biri Amitabx Bachchan bemalol yoshlar bilan ham bellasha oladi. Ammo yaqinda aktyor suratga olish maydonchasida qovurg‘asidan jarohat olgan. Xabarlarga ko‘ra, aktyor yuqori qovurg‘asi sinishi natijasida belning pastki qismidagi og‘riqdan aziyat chekkan. Lekin barcha qiyinchiliklarga qaramay, tanaffus qilishdan bosh tortgan aktyor suratga tushish ishlarini davom ettirgan.

    Bunday hollar aktyorning ish faoliyatida ko‘p uchraydi. Masalan, “Hammol” filmining sahnalaridan birida aktyor temir stol ustiga yiqilishi kerak bo‘lgan. Ammo Bachchanning biroz muvozanatdan chiqishi natijasida stolning cheti uning qornini jarohatlagan. Qorataloq yorilib ketganligi tufayli aktyorning hayoti xavf ostida qolgan.

    Dastlab aktyorning mahoratiga atrofda qarsaklar chalingan. Bachchan jimgina minnatdorlik bildirib, tashqariga chiqqan zahotiyoq yiqilgan. U Mumbayda bir necha hafta komada yotgan. O‘shanda deyarli hamma uni yo‘qotdik, deb o‘ylagandi. Bir necha oydan so‘ng aktyor asta-sekin oyoqqa tura boshlagan.

    Dipika Padukone

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Dipika Padukone o‘zining Twitterdagi sahifasida suratga tushish vaqtida olgan tan jarohatining suratini joylashtirdi. Uning suratga “Hammasi yaxshi bo‘ladi”, deb yozgan izohi jarohatning ahamiyatsiz ekanligidan darak beradi. Mana buni haqiqiy aktrisa deyish mumkin.

    Ritik Roshan

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Sahnalardan birining suratga olish jarayonida aktyor Ritik Roshan oyog‘idan jarohat olgan. Otasining aytishicha, Ritik to‘rt hafta mobaynida uyda dam olishni so‘ragan. Bu aktyorning bunday vaziyatda birinchi marta jarohatlanishi edi. Shundan so‘ng aktyor suratga olish ishlarini to‘xtatishiga to‘g‘ri keldi.

    Kajol

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Foto: “Yandeks Dzen”

    “Hayotda hamma narsa bo‘ladi” kartinasining suratga olish maydonchasida Kajolning to‘satdan qoqilib ketishi tufayli film mashhurlikka erishdi va shundan so‘ng ijodiy guruh orasida baxtsiz hodisalar filmlarga omad keltiradi, degan fikr paydo bo‘ldi. Kajolning so‘zlariga ko‘ra, u suratga olish paytida yiqilib tushib, bir yarim soat davomida hech kimni taniy olmagan. Ajay Devganga qo‘ng‘iroq qilinganda uning ovozini darhol tanib, uzoq gaplashgan va shunday keyingina o‘ziga kelgan.

    Amir Xon

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Foto: “Yandeks Dzen”

    “Dangal” filmini suratga olish jarayonida Amir Xon yelkasidan jiddiy jarohat olgan. Aktyor filmda yordamchi ijrochidan foydalanmaganligi tufayli qattiq charchaydi. Amir Xon bir necha rakursda olinadigan uzoq harakatlarni ketma-ket bajardi. U oxirgi dublga yetib kelganida yarim soat dam olishni xohladi, sababi chidab bo‘lmas darajada azob tortayotgan edi. Uning o‘rnidan turishga ham imkoni bo‘lmadi. Aktyor shifoxonaga yotqizilgandan so‘ng yelkasida jiddiy jarohat borligi aniqlangan.

    Shohrux Xon

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Mahoratli aktyor Shohrux Xon “Yangi yilingiz bilan” filmini Mumbaydagi besh yulduzli mehmonxonada suratga olish paytida jarohat oldi. Ma’lum bo‘lishicha, eshik uning boshi va yelkasiga tushgan. Aktyor zudlik bilan Nanavati shifoxonasiga yotqizilgan. Bu aktyorning suratga olish maydonchasida jarohatlanishining birinchisi va oxirgisi ham emas.

    Akshay Kumar

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Akshay Kumar filmda bir nechta tryuk bajarishiga to‘g‘ri keldi, ulardan biri yonib turgan halqalar ustidan sakrash edi.  Ijodiy guruh alangani tezda o‘chirishga muvaffaq bo‘ldi, ammo Akshay bir necha marta kuyish jarohatini olib ulgurgan edi. Akshay ham yordamchi kaskadyorlardan foydalanmaydi. Ammo oyog‘idan olgan jarohatiga qaramay, o‘zini tutib, navbatdagi dublga kirishib ketdi.

    Mitxun Chakraborti

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Foto: “Yandeks Dzen”

    “Omad” filmining Janubiy Afrikada suratga olinayotgan sahnasida aktyor Mitxun Chakraborti samolyotda tryukni amalga oshirgan. U yerga qulaganida himoya gilamining ostiga yiqilgan va bir nechta toshlar tufayli jiddiy jarohat olgan. Mushaklardagi og‘riq juda qattiq bo‘lishiga qaramay, o‘sha vaqtda o‘zini yaxshi his qilgan. Lekin og‘riq bir necha oydan keyin yana qaytalangan. Shundan so‘ng uning uyiga har kuni shifokor kelib, muntazam ravishda davolash ishlarini olib borgan.

    Mavzuga doir:

    • Hind kinosi yulduzlarining sevimli aktyorlari (foto)
    • Mashhur filmlardagi ikkinchi darajali rollardan voz kechgan Bollivud yulduzlari (foto)
    • Saraton, qandli diabet, nevralgiya: Og‘ir kasalliklar bilan kurashayotgan Bollivud yulduzlari (foto)

    23.10.2020, 20:22   Izoh (0)   51248
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Hind kinosi yulduzlarining sevimli aktyorlari (foto)

    21.10.2020, 12:34

    Bryus Uillis akkumulyatorlar reklamasida ishtirok etdi. Rolik xuddi “Qattiq yong‘oq” filmining navbatdagi qismi treyleridek ishlangan (video)

    20.10.2020, 20:58

    “Uzuklar hukmdori” filmi aktyorlari 19 yil ichida qanday o‘zgardi? (foto)

    20.10.2020, 18:45

    Bollivudning mashhur aktrisalari bir filmda suratga tushish uchun qancha gonorar oladi?

    20.10.2020, 10:23

    “Turkiyaning Jorj Klunisi” — O‘zjan Deniz ishtirokidagi eng yaxshi seriallar

    19.10.2020, 12:36

    “Narniya saltanati” filmining yosh qahramonlari 15 yildan so‘ng (foto)

    18.10.2020, 14:43
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi

     

    Tavsiya etamiz

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Maktab bozori: yangi o‘quv yili arafasida pulni tejashga yordam beruvchi 10 ta tavsiya

    Layfstayl | 7 avgust, 17:32

    Mehmonlar “sovg‘a”si va jangovar durang: “Navbahor” va “So‘g‘diyona” o‘yinidan fotogalereya

    Sport | 7 avgust, 17:27

    Xorijga ishga joylash vaʼdasi bilan odamlarni chuv tushirgan firma jarimaga tortildi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 17:22

    Britaniyada to‘ti narkotik savdogarlarini tutishda yordam berdi (video)

    Dunyo | 7 avgust, 16:57

    Isroil Misrga 35 milliard dollarlik tabiiy gaz sotadi

    Dunyo | 7 avgust, 16:22

    O‘zbekistonda dollar kursi uch kunlik pastlashdan so‘ng ko‘tarildi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 16:18

    “Liverpul” “PSJ” futbolchisi uchun 100 mln yevro to‘lashga tayyor

    Sport | 7 avgust, 16:07
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.