• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Prezident O‘zbekistonda Harbiy tibbiyot akademiyasini tashkil etish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev “Harbiy tibbiyot sohasida kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi, deb xabar beradi O‘zA.

    Unga  ko‘ra, Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi Harbiy-tibbiyot fakulteti negizida Mudofaa vazirligining yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan Qurolli kuchlar Harbiy tibbiyot akademiyasi tashkil etilmoqda.

    Quyidagilar akademiyaning asosiy vazifalari etib belgilandi:

    • Qurolli kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralar uchun harbiy tibbiyot sohasida zamonaviy talablarga javob beradigan kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
    • tibbiyot sohasida tor mutaxassislarni, ilmiy-pedagogik kadrlarni hamda zaxira va rezervdagi tibbiyot xizmati ofitserlarini tayyorlash;
    • ta’lim jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg‘or pedagogik va innovatsion tibbiyot texnologiyalari, zamonaviy o‘quv dasturlari va o‘quv-uslubiy yondashuvlarni keng joriy etish;
    • harbiy tibbiyot amaliyotida mavjud muammolarning yechimiga qaratilgan fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish;
    • milliy va xorijiy yetakchi oliy, oliy harbiy ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan o‘zaro hamkorlikda ta’lim jarayonini rivojlantirish, sog‘liqni saqlash sohasida ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazish;
    • ta’lim oluvchilarni insonparvarlik va yuksak ma’naviy g‘oyalar asosida, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.
    Belgilanishicha, akademiya:
    • davlat oliy harbiy ta’lim muassasasi hisoblanadi;
    • Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi Harbiy-tibbiyot fakultetining barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
    • davlat gerbi tasviri va davlat tilida nomi tushirilgan muhr, bank hisob varag‘i va xorijiy valyutadagi bank hisob varag‘i, shtamp va boshqa rekvizitlarga ega bo‘ladi.
    Shunday tartib o‘rnatiladiki, unga muvofiq:
    • akademiyada tahsil olish uchun 2021/2022-o‘quv yilidan boshlab nomzodlar O‘zbekiston oliy tibbiy ta’lim muassasalari davolash fakultetlarining beshinchi bosqichini va tibbiy-profilaktika fakultetlarining to‘rtinchi bosqichini tamomlagan, o‘qish yakunlari bo‘yicha eng yuqori natijalarni ko‘rsatgan, o‘qishini Harbiy tibbiyot akademiyasida davom ettirish va kelgusida kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tash istagini bildirgan, shuningdek, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra harbiy xizmatga yaroqli bo‘lgan talabalar orasidan Mudofaa vazirligi tomonidan tanlab olinadi;
    • akademiyada kursantlarning majburiy ikki yillik o‘qishi ikki bosqichli harbiy tibbiyot o‘quv dasturi asosida: birinchi yil – bakalavriatda, ikkinchi yil – Qurolli kuchlar uchun zarur bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha harbiy internaturada amalga oshiriladi;
    • akademiyaning bakalavriat bosqichini tamomlagan kursantlarga dastlabki “tibbiy xizmat leytenanti” harbiy unvoni va “harbiy vrach” mutaxassisligini beradigan davlat namunasidagi diplom hamda harbiy internaturani tamomlagach, navbatdagi “tibbiy xizmat katta leytenanti” harbiy unvoni va tegishli mutaxassislik berilganligi to‘g‘risida belgilangan namunadagi guvohnoma beriladi;
    • akademiyaning harbiy tibbiyot o‘quv dasturi asosida ta’lim olgan bitiruvchilarning oliy tibbiy ta’lim muassasalari davolash va tibbiy-profilaktika fakultetlaridagi o‘qishi akademiyadagi o‘qishga tenglashtiriladi;
    • tibbiyot sohasidagi tor mutaxassisliklar bo‘yicha tibbiyot kadrlari akademiyaning klinik ordinatura va magistraturasida, ilmiy-pedagogik kadrlar esa uning doktoranturasida tayyorlanadi;
    • Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy klinik gospitali akademiyaning o‘quv va klinik bazasi, shuningdek, asosiy ta’minot markazi hisoblanadi.
    Akademiyaga 2021/2022-o‘quv yilidan boshlab:
    1. boshqa tibbiy ta’lim muassasalarini bitirgan tibbiyot xodimlarini to‘lov-kontrakt asosida qayta tayyorlash va malakasini oshirishga;
    2. hukumatlararo bitim va shartnomalar asosida xorijiy davlatlar uchun tibbiyot kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga ruxsat etiladi.
    Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi qaroriga asosan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining maxsus fakulteti Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti etib qayta tashkil etilgandi.

    Mavzuga doir: O‘zbekistonda harbiy xizmat to‘g‘risidagi qonunga tuzatishlar kiritildi. Yangi harbiy unvonlar joriy etildi

    24.10.2020, 13:23   Izoh (0)   30487
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bojxona qo‘mitasi bank siriga oid ma’lumotlarni olish vakolati bo‘yicha qonun loyihasi yuzasidan izoh berdi

    24.10.2020, 11:21

    Prezident e’tirof etgan Qorako‘ldagi xalqaro matematika maktabining navbatdagi filiali Qashqadaryoda ochilishi mumkin

    24.10.2020, 10:24

    Bobomurod Abdullayevga xorijga chiqish pasporti berildi

    23.10.2020, 23:34

    O‘zbekistonda aholisi soni milliondan oshgan viloyatlar 11 taga yetdi

    23.10.2020, 22:57

    O‘zbekistonda 2021-yildan boshlab ofatlar oqibatida yo‘qolgan hujjatlarni tiklashda to‘lov undirilmaydi

    23.10.2020, 22:26

    Samarqandlik tadbirkor Umar Rajabov ishi bo‘yicha chiqarilgan sud hukmiga o‘zgartirish kiritildi

    23.10.2020, 22:13
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.