Futbol bo‘yicha Yevropa Ligasining 1-tur uchrashuvlari ortda qoldi. UEFA tur yakunlari bo‘yicha haftaning eng yaxshi o‘yinchisi nomini e’lon qildi.
So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, “Lill” hujumchisi Yusuf Yazichi 1-turning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. Turkiyalik futbolchi “Sparta”ga qarshi bahsda (4:1) het-trik muallifiga aylangandi.
Shuningdek, ushbu nom uchun quyidagi futbolchilar kurash olib borgandi.
- Darvin Nunyes (“Benfika”) — “Lex”ga qarshi o‘yinda (4:2) uchta gol;
- Kelechi Iheanacho (“Lester”) — “Zarya”ga qarshi uchrashuvda (3:0) gol va ikkita golli uzatma;
- Takefusa Kubo (“Vilyarreal”) — “Sivasspor”ga qarshi bellashuvda (5:3) gol va ikkita golli uzatma.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)