Daryo

Sirdaryoda is gazidan zaharlanib, ikki kishi halok bo‘ldi

Is gazi xonadonga o‘rnatilgan AGV isitish pechidan sizib chiqqani aytilmoqda. Hozirda holat bo‘yicha dastlabki tergovoldi surishtiruvi olib borilmoqda

1 daqiqa o‘qish37 234 ko‘rishlar0 izoh0

Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida is gazidan zaharlanib, ikki kishi vafot etdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Voqea 26-fevral, chorshanba kuni, “Madaniyat” mahallasidagi xonadonlarning birida yuz bergan. Hodisa oqibatida 2000-yilda tug‘ilgan S.K. va 2004-yilda tug‘ilgan S.Sh. vafot etgan.

Is gazi xonadonga o‘rnatilgan AGV isitish pechidan sizib chiqqani aytilmoqda. Hozirda holat bo‘yicha dastlabki tergovoldi surishtiruvi olib borilmoqda.

Avvalroq 25-fevral kuni Farg‘ona viloyatida ham ikki kishi is gazidan zaharlanish bilan bog‘liq ikkita holat yuz bergani, oqibatda ikki kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar