Daryo

O‘zbekiston FVV havo sovishi sababli aholiga ogohlantirish bilan chiqdi

Vazirlik gaz va boshqa turli isitish moslamalaridan foydalanishda ogoh bo‘lishga chaqirib, zarur ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishini so‘radi

1 daqiqa o‘qish134 584 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo”

O‘zbekistonda havo harorati pasayib, qor yog‘gani sababli aholining turli isitish moslamalaridan foydalanish holatlari ko‘payadi. Bunda ulardan foydalanishda ehtiyotsizlik yong‘inlarga hamda is gazidan zaharlanishga olib kelishi mumkin.

Foto: “Daryo”
FVV gaz va boshqa turli isitish moslamalaridan foydalanishda ogoh bo‘lishga chaqirib, quyidagi zarur ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishini so‘radi:
  • nosoz, qo‘lbola va nostandart gaz va boshqa isitish moslamalaridan foydalanmang;
  • gaz va isitish moslamalarini, ayniqsa, kechasi nazoratsiz qoldirmang;
  • xonalarni isitish uchun gaz plitalaridan foydalanmang;
  • alangalanuvchi buyumlarni isitish pechlari va moslamalari yaqinida qoldirmang;
  • isitish moslamalaridan ishlab chiqaruvchi korxona yo‘riqnomasida keltirilgan tartibda foydalaning;
  • gaz hidi/sizib chiqishi aniqlanganda elektr uskunalari va ochiq olovdan foydalanmang. Shunday hollarda xonani zudlik bilan shamollatib, 104 raqami orqali gaz avariya xizmatini chaqirish zarur.
“Ushbu oddiy qoidalarga rioya qilish orqali siz o‘zingiz va yaqinlaringizni baxtsiz hodisalardan, mulkingizni esa zarardan asraysiz”,  — deyiladi vazirlik xabarida.

Mavzuga doir: Aprelda yog‘gan qor tufayli Toshkent ko‘chalari qulagan daraxtlar bilan to‘ldi (foto)

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar