Armaniston tomoni Tog‘li Qorabog‘da Ozarbayjon bilan bo‘lgan janglarda yana 19 nafar harbiy xizmatchi halok bo‘lganini tan oldi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

Foto: “Interfaks”

Aniqlashtirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 27-sentabrda boshlangan harbiy harakatlarda Armaniston tomoni 729 nafar harbiy xizmatchisi halok bo‘lganini tan olgan.

Ozarbayjon o‘zining harbiy yo‘qotishlari haqida xabar bermayapti.

Eslatib o‘tamiz, Tog‘li Qorabog‘dagi harbiy harakatlar tinchlikka erishish uchun qilingan ikkita urinishga qaramasdan, 27-sentabrdan buyon davom etmoqda. Ozarbayjon va Armaniston 10-oktabr kuni soat 12:00 dan boshlab Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida kelishib olgandi. Ammo shu kuni keyinroq Armaniston va Ozarbayjon Mudofaa vazirliklari bir-birini Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish rejimini buzishda aybladi.