“Real” yarim himoyachisi Martin Edegor jarohati sabab noma’lum muddatga safdan chiqdi.

Foto: “Real” FK

Klub rasmiy saytining xabariga ko‘ra, uning o‘ng oyoq mushaklari shikastlangan. Norvegiyalik futbolchining tiklanish vaqti haqida ma’lumot berilmagan.

Ma’lumot uchun, Madrid klubi Martin Edegorni 2015-yilda “Stryomsgodset”dan (Norvegiya) sotib olgan. O‘tgan mavsumda u “Real Sosyedad” safida ijarada harakat qilib, La Liganing 31 o‘yinida 4 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 2020/2021-yilgi mavsumda esa yarim himoyachi Ispaniya chempionatning 3 ta uchrashuvida ishtirok etdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!