• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda o‘tgan to‘qqiz oy ichida tovarlar va xizmatlar narxi qanchaga oshgani ma’lum qilindi

    O‘zbekistonda yanvar—sentabr oylari davomida iste’mol bozoridagi narxlar va tariflar o‘rtacha 6,3 foizga oshdi. 2019-yilning sentabr oyigacha nisbatan olinsa, tovarlar va xizmatlar narxlarining o‘rtacha o‘sishi 11,7 foizni tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Bu yilning yanvar—sentabr oylari davomida narxlarning eng ko‘p o‘sishi aprel oyiga to‘g‘ri keldi (1,7 foiz), narxlarning umumiy pasayishi, ya’ni deflyatsiya holati iyun (-0,2 foiz) va iyul (-0,3 foiz) oylarida kuzatildi.

    Tovarlar va xizmatlar asosiy guruhlari kesimida qarab o‘tsak, yanvar—sentabr oylari davomida oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari 3,1 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlar 2,1 foizga, xizmatlar 1,1 foizga oshdi. O‘tgan yilning sentabr oyiga nisbatan oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlar, shuningdek, xizmatlar narxlarining o‘sishi mos ravishda 7,5 foiz, 2,8 foiz va 1,4 foizni tashkil etdi.

    Oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining o‘zgarishi

    Oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining eng ko‘p o‘sish holati aprel oyida kuzatildi (1,4 foiz) va narxlarning pasayishi iyun (-0,5 foiz) va iyul (-0,6 foiz) oylariga to‘g‘ri keldi.

    Oziq-ovqat mahsulotlari alohida guruhlarga bo‘linadi: non mahsulotlari; go‘sht, parranda go‘shti va baliq; sut mahsulotlari; mevalar, sabzavotlar va kartoshka; shakar, choy va boshqa mahsulotlar; tuxum; yog‘ va moylar; alkogolsiz ichimliklar; spirtli ichimliklar.

    Bu yilning yanvar—sentabr oylarida non mahsulotlari narxlari o‘sishining eng yuqori darajasi aprelda qayd etilib, ushbu guruh tovarlari narxlari o‘rtacha 4,3 foizga ko‘tarilgan. Ushbu guruh narxlarining yanvar—sentabr oylari davomidagi o‘rtacha oylik o‘sish sur’ati 1,4 foizni tashkil etdi.

    Go‘sht, parranda go‘shti va baliq mahsulotlari narxlarining oy davomidagi yuqori o‘sishi sentabrda (3,8 foiz), past sur’atlarda o‘sishi esa yanvar, iyun va iyul oylarida qayd etilgan (0,4 foizdan). Go‘sht mahsulotlari narxlari oy davomida o‘rtacha 3,8 foizga (yil boshidan 14,2 foiz) qimmatlashdi.

    Bu yilning yanvar—sentabrida meva-sabzavot mahsulotlari narxlarining oy davomidagi yuqori o‘sishi aprelda (6,6 foiz), pasayishi esa iyun oyida (-8,4 foizga) qayd etilgan. Sentabr oyida guruh narxlarining o‘sish sur’ati 3,0 foiznini tashkil etdi. 2020-yilning sentabr oyida ushbu guruh mahsulotlaridan anor (15,5 foiz), karam (14,1 foiz), shaftoli (14,2 foiz) va banan (14,0 foiz) narxlari sezilarli darajada qimmatlashdi. Shu bilan bir qatorda, pomidor (-6,4 foiz), bulg‘or qalampiri (-6,3 foiz), limon (-6,1 foiz), olma (-1,4 foiz) narxlarining arzonlashganligi qayd etildi.

    Nooziq-ovqat mahsulotlari narxlarining o‘zgarishi

    Nooziq-ovqat mahsulotlari narxlarining eng ko‘p o‘sish holati sentabr oyida kuzatildi (0,4 foiz) va narxlar o‘sishining eng kichik qiymati yanvar oyiga (0,1 foiz) to‘g‘ri keldi.

    Nooziq-ovqat mahsulotlari alohida guruhlarga bo‘linadi: kiyim-kechak; oyoq kiyim; mato va yigirilgan iplar; maishiy to‘qimachilik mahsulotlari; madaniy mollar; qurilish materiallari; dori-darmonlar; shaxsiy gigiyena mahsulotlari; avtomobillar uchun yoqilg‘i; asosiy maishiy mahsulotlar va elektr jihozlari; tamaki mahsulotlari; zargarlik buyumlari; yuvish va tozalash vositalari; shaxsiy transport.

    2020-yilning yanvar—sentabr oylarida nooziq-ovqat mahsulotlarning o‘rtacha oylik o‘sish sur’ati 0,6 foizni tashkil etdi. 2020-yilning sentabrida nooziq-ovqat mahsulotlarning asosiy guruhlari orasida narxlarning oy davomida o‘sishi bo‘yicha yetakchi o‘rin avtomobillar uchun yoqilg‘i narxlariga tegishli bo‘lib, bunda narxlarning 3,4 foizga o‘sishi kuzatilgan.

    Xizmatlar narxlarining o‘zgarishi

    Xizmatlar narxlarining eng ko‘p o‘sish holati mart va may oylarida kuzatildi (0,2 foizdan), qolgan oylarda narxlarning o‘sishi 0,1 foizdan bo‘ldi.

    Xizmatlar alohida guruhlarga bo‘linadi: maishiy xizmatlar; uy-joy kommunal xizmatlari; yo‘lovchi tashish transporti xizmatlari; aloqa xizmatlari; madaniyat muassasalari xizmatlari; sport xizmatlari; dam olish xizmatlari; tibbiy xizmatlar; ta’lim xizmatlari.

    Joriy yilning sentabr oyida tariflarning o‘sishi bo‘yicha yetakchilik yo‘lovchi tashish transporti xizmatlariga tegishli bo‘lib, narxlar oy davomida 1,6 foizga, shu jumladan, havo transporti 0,9 foizga, temir yo‘l transporti 0,3 foizga, avtomobil transporti xizmatlari 2,1 foizga qimmatlashdi. Pandemiya sharoitida aholining to‘lov qobiliyatini mustahkamlash maqsadida, mamlakatning davlat oliy ta’lim muassasalarida shartnoma asosida kunduzgi o‘qish uchun tayanch to‘lov miqdoriga chegirmalar qo‘llanilganligi ta’lim sohasidagi xizmatlar umumiy narxlarining o‘rtacha 2,3 foizga pasayishiga olib keldi.

    Umumiy hisobda, bu yilning yanvar—sentabr oylarida narxlarning o‘sishi bo‘yicha yetakchi pog‘onalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti xizmatlari (15,2 foiz), dam olish (8,8 foiz), maishiy xizmatlar (8,3 foiz), shuningdek, yo‘lovchi tashish transporti xizmatlari (8,0 foiz) narxlari band etdi.

    Mavzuga doir: O‘zbekiston markaziy dehqon bozorlaridagi ayrim oziq-ovqat mahsulotlari narxi ma’lum qilindi

    15.10.2020, 06:07   Izoh (0)   13124
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda bir fuqaroning IIB xodimlari tomonidan qo‘lga olinayotgani aks etgan video bo‘yicha izoh berildi

    14.10.2020, 23:44

    O‘zbekistonda soliq idoralari plastik kartalardagi pul mablag‘lari aylanmasini kuzatishi mumkin

    14.10.2020, 23:13

    Rossiya Istanbulda odam o‘ldirishda ayblanayotgan o‘zbekistonlikni Turkiyaga topshirdi

    14.10.2020, 22:45

    G‘ofurjon Mirzayev Sardoba fojiasi jabrlanuvchilari uy olish bilan bog‘liq muammolar bo‘yicha qayerga murojaat qilishi kerakligini aytdi

    14.10.2020, 22:29

    O‘zbekistonda yuridik va jismoniy shaxslarga valyuta ayirboshlash shoxobchalarini ochishga ruxsat berish taklif qilindi

    14.10.2020, 21:58

    Shavkat Mirziyoyev 2020-yilda Janubiy Koreya prezidenti bilan onlayn sammit o‘tkazadi. Xitoy raisining O‘zbekistonga tashrifi kutilmoqda

    14.10.2020, 21:22
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.