Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Janubiy Amerika mintaqasida futbol bo‘yicha 2022-yilgi Jahon Chempionati saralashining 2-turidan o‘rin olgan uchrashuvlar 14-oktabr, chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: Twitter

Foto: Twitter

Braziliya terma jamoasi safarda Peru bilan o‘ynadi. Avvaliga peruliklar Andre Karrilyoning golidan keyin oldinga o‘tib oldi. 28-daqiqada Neymar penaltini aniq amalga oshirgan holda muvozanatni tikladi.

Ikkinchi bo‘lim debyutida Renato Tapiya mezbonlarning ikkinchi golini urdi. 64-daqiqada Risharlison hisobni tenglashtirishga erishdi. O‘yin yakunlanishi arafasida Neymar ikkita gol urgan holda jamoasining g‘alabasini ta’minladi.

Argentina terma jamoasi Boliviya maydoniga safar qildi. Dastlab maydon egalari Marselo Morenoning goli evaziga oldinga o‘tib oldi. Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida Lautaro Martines hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, 79-daqiqada Xoaking Korrea argentinaliklarga g‘alaba keltirgan gol muallifiga aylandi.

Urugvay terma jamoasi Ekvador maydonida mehmon bo‘ldi. Mehmonlar Ekvadorning to‘rtta goliga Luis Suaresning so‘nggi daqiqalarda qayd etgan dubli bilan javob qaytardi.

Yana bir uchrashuv Chili va Kolumbiya terma jamoalari o‘rtasida kechdi. 7-daqiqada Jefferson Lerma hisobni ochdi. Bunga chililiklar birinchi bo‘limda Arturo Vidal va Aleksis Sanchesning goli bilan javob qaytardi. Ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalar o‘tib borayotgan bir vaqtda Radamel Falkao hisobning tenglashtirishga erishdi.

JCh—2022 saralashi, KONMEBOL

2-tur bahslari

14-oktabr, chorshanba

Peru — Braziliya 2:4

Gollar: 1:0 – 6 Karrilyo, 1:1 – 28, penalti Neymar, 2:1 – 59 Tapiya, 2:2 – 64 Risharlison, 2:3 – 83, penalti Neymar, 2:4 – 90+4 Neymar.

Peru: Galese, Abram, Sambrano, Trauko, Advinkula, Gonsales (Arauxo, 90), Tapiya (Kueva, 90), Yotun, Akino, Karrilyo, Farfan.

Braziliya: Ueverton, Markinyos (Rodrigo Kayo, 12), Lodi (Telles, 69), Danilo, Tiago Silva, Kazemiro, Duglas Luis, Koutinyo (Everton, 69), Neymar, Risharlison, Firmino (Everton Ribeyro, 69).

Ogohlantirishlar: Tapiya (37), Gonsales (54).

Chetlatish: Sambrano (89).

Boliviya — Argentina 1:2

Gollar: 1:0 – 24 Moreno, 1:1 – 45 Martines, 1:2 – 79 Korrea.

Boliviya: Lampe, Torres, Sagredo, Valverde, Karrasko, Kastro (Sespedes, 66), Chumasero (Miranda, 66), Vayyar (Orosko, 83), Kardoso (Arabe, 87), Moreno, Sausedo (Bustamante, 46).

Argentina: Armani, Otamendi, Montiyel, Martines, Talyafiko, de Paul (Dominges, 69), Paredes (Rodriges, 69), Okampos (Korrea, 59), Palasios, Martines (Medina, 89), Messi.

Ogohlantirishlar: Talyafiko (16), Valverde (38), Karrasko (60), Dominges (90), Palasios (90), Torres (90), Moreno (90).

Ekvador — Urugvay 4:2

Gollar: 1:0 – 15 Kaysedo, 2:0 – 45 Estrada, 3:0 – 52 Estrada, 4:0 – 75 Plata, 4:1 – 84, penalti Suares, 4:2 – 90+5, penalti Suares.

Ekvador: Dominges, Estupinyan (Palasios, 74), Arreaga, Arboleda, Presiado, Ibarra (Franko, 69), Grueso, Mena, Valensiya (Plata, 69), Estrada (Kampana, 85), Kaysedo (Noboa, 85).

Urugvay:Kampanya, Vinya, Kaseres, Godin, Arauxo, Valverde (Arambarri, 89), Nandes (de la Krus, 46), Bentankur (Torreyra, 77), Maksi Gomes (Rodriges, 63), Suares, Rodriges (Nunyes, 46).

Ogohlantirishlar: Grueso (37), Palasios (83).

Chili — Kolumbiya 2:2

Gollar: 0:1 – 7 Lerma, 1:1 – 38, penaltiVidal, 2:1 – 41 Sanchesб 2:2 – 90+2 Falkao.

Venesuela — Paragvay 0:1

Gol: 0:1 – 85 Ximenes.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kino
Vaqtingizga achinmaysiz: So‘nggi o‘n yillikning eng yaxshi multfilmlari (video)
Mahalliy
O‘zbekiston davlat xizmatlari sohasida qariyb 100 mingta qonunbuzilish holati aniqlandi
Mahalliy
O‘zbekistonda kuz-qish mavsumi oldidan suv tarmoqlarini sozlash ishlari qanday ketayotgani aytildi