Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Respublikadagi 33 ta “qoniqarsiz” hudud safidan joy olgan Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa hamda Furqat tumani hokimlari yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni tan olib, Prezidentdan, tuman aholisidan uzr so‘radi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov ma’lum qildi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Xalq deputatlari Qo‘shtepa tuman kengashining yigirma birinchi sessiyasida hokim Ilyos Novikov 2020-yil yakuniga ko‘ra, barcha sohalarda ijobiy natijalarga erishib, tumanni “qoniqarsiz” hududdan olib chiqishga va’da bergan.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Hokimning ma’lum qilishicha, tumanda hududiy sanoat mahsulotlari hajmi 2019-yilda 233,6 milliard so‘mni tashkil qilib, aholi jon boshiga 1,2 million so‘mga to‘g‘ri kelgan. Shuningdek, bitta bo‘sh ish o‘rniga to‘g‘ri keladigan ishsizlar soni 26 nafarni tashkil yetgan. Tumanda ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarining 4,6 foizi eksportga yo‘naltirilgan. Ro‘yxatdan o‘tgan 916 ta tadbirkorlik subyektlarining 535 tasi faoliyat yuritmagan va “nol” hisobot topshirgan. Prezidentning virtual va xalq qabulxonalariga kelib tushgan murojaatlarning 36 foizi qanoatlantirilgan.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Ta’kidlanishicha, tumanda qiymati 331,6 milliard so‘m bo‘lgan 10 ta ishlab chiqarish loyihasi ishga tushiriladi. Xususan, Fergana Global textile MChJ korxonasining to‘qimachilik klasterini tashkil etish natijasida 153 milliard so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqariladi hamda yil yakuniga qadar ikki mingta yangi ish o‘rni yaratiladi. Bundan tashqari, tumanning “Yo‘ldoshobod” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan kichik sanoat zonasida qiymati 21,7 milliard so‘m bo‘lgan 7 ta loyiha amalga oshirilishi va 415 ta yangi ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Furqat tumani hokimi Dilmurod Soliyev ham tuman sessiyasida so‘z olib, tumanni “qizil” hududlar qatoridan chiqarish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni taqdim qilib, hududni 2020-yil oxirigacha “o‘rta”, keyingi yilda esa “yaxshi”ga o‘tkazishga va’da bergan.

“Tuman hokimi sifatida barcha sektor rahbarlari nomidan aytishim kerakki, bu holat yuragimizga nayza bo‘lib sanchildi. Shunday holat bo‘ldiki, bir hafta o‘zimizga kelmadik. Ertaga tumanning iqtisodiy taqdiri nima bo‘ladi, degan savol qiynadi hammamizni. Biz e’tirozga uchradikmi, demak, endi yangi qadam qo‘yishimiz, marrani kattaroq olishimiz kerak. Biz ‘yo‘l xaritasi’ ishlab chiqqanmiz. Boshqa hududlarga nisbatan ikki-uch barobar ko‘proq mehnat qilishimiz kerakligini tushunib yetdik. Oliyjanob, tanti, mehnatkash Furqat tumani xalqidan kechirim so‘raymiz. Prezidentimizdan kechirim so‘raymiz. Oldimizga juda katta marrani oldik. Tumanimizni, albatta ‘yaxshi’ hududlar qatoriga qo‘shamiz”, — dedi tuman hokimi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Sessiyada bir yil davomida tumanga to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiya kiritilmagani, bu respublika miqyosida hozirgacha qayd etilgan eng qoniqarsiz natija ekani aytilgan.

Hokim “Daryo” muxbirining “Bir yil davomida birorta ham xorijlik investor tuman iqtisodiyotiga sarmoya kiritishga qiziqish bildirmaganini qanday izohlaysiz? Yoki siz rahbarlik qilayotgan hududdagi infratuzilma va sharoitlar xorijlik tadbirkorlar talabiga javob bermaydimi?” degan savoliga “Xitoyning BNBM building materials Central Asia xorijiy korxonasi bilan tumanda gipsokarton va metall profillar ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvimiz bor edi. Barcha hujjatlar tayyor bo‘lgan vaqtda pandemiya va karantin cheklovlari tufayli yangi ishlab chiqarish korxonasini ishga tushirish masalasida to‘xtalish bo‘lib qoldi. 2021-yilda bu loyihani to‘liq yakunlaymiz, natijada tumanimizga 50 million dollar miqdorida to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiya kiritiladi. Bundan tashqari, 2020-yil oxiriga qadar tumanda 35 million dollarlik investitsiyalar o‘zlashtirilishi belgilangan bo‘lib, shundan to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar 6,7 million dollarni tashkil etishi kutilmoqda”, deb javob qaytargan.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Eslatib o‘tamiz, bunga qadar Buxoroning Jondor va Shofirkon, Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on va Mingbuloq, Andijon viloyatining Baliqchi, Jalaquduq, Samarqand viloyatining Payariq, Qashqadaryo viloyatining KasbiNishon tumani hokimlari hudud “qizil”ga tushib qolgani uchun xalqdan, davlat rahbaridan uzr so‘ragandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda ishbilarmonlik faoliyati qanday o‘zgardi?
Sport
Krishtianu Ronalduning muvaffaqiyatsiz seriyasi davom etadi. Hujumchi 2022/23-yilgi mavsumda faqat bitta gol urdi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana tushdi