Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

O‘zbekistonda 2020-yilning 9 oyi davomida xalqaro pul o‘tkazmalari orqali kelib tushgan valyuta mablag‘lari hajmi 4,3 milliard dollarni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bankning ichki valyuta bozoridagi holat yuzasidan bergan axborotida keltirildi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Qayd etilishicha, sentabr oyida pul o‘tkazmalari miqdori 638 million dollarga yetib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8 foizga oshgan. Bu o‘z navbatida, xalqaro pul o‘tkazmalari hajmining muvozanatlashib borayotganligidan dalolat beradi.

Ushbu davrda jismoniy shaxslar tomonidan valyuta ayirboshlash shoxobchalari orqali sotilgan chet el valyutasi miqdori 3,2 milliard dollarni tashkil etib, ayni paytda ular tomonidan 2,9 milliard dollar sotib olingan.

“Hozirgi kunda jismoniy shaxslar bilan valyuta operatsiyalarini amalga oshirish uchun tijorat banklari kassalarida naqd xorijiy valyuta qoldig‘i 480—550 million dollar miqdorida bo‘lishi ta’minlanmoqda”, —  deyiladi ma’lumotda.

Shuningdek, Markaziy bank tomonidan muntazam ravishda tijorat banklari taqdimnomalariga asosan ushbu operatsiyalar uchun yana qo‘shimcha xorijiy valyuta bilan ta’minlanib kelayotgani bildirilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda noqonuniy mayning ferma aniqlandi
Mahalliy
“Yotoqxona ahvoli rahbarlarni qiziqtirmayapti, muammoni aytsak, bizni uydan quvib chiqarishadi”. Navoiyliklar xaroba yotoqxonada yashayotganini aytmoqda
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 30-sentabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar