• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12758.36
    • RUB163.34
    • EUR14820.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Buyuk Britaniyada Mirzo Ulug‘bek nomidagi universitet tashkil etish rejalashtirilmoqda. Mazkur mamlakatda Ibn Sino va Moturidiy nomidagi kollejlar bor

    O‘zbekiston ilmiy-tadqiqot markazlari vakillari hamda Buyuk Britaniyadagi Ibn Sino va Moturidiy nomidagi kollejlar direktori va asoschisi shayx Otabek Shukurov ishtirokida onlayn seminar o‘tkazildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi, deb yozmoqda “Xalq so‘zi online”.

    Foto: “Dunyo” axborot agentligi

    Foto: “Dunyo” axborot agentligi

    Ma’lum qilinishicha, 2017-yilda Manchester shahrida tashkil etilgan Ibn Sino va Moturidiy nomidagi kollejlar hadisshunoslik, Islom huquqshunosligi va an’anaviy tibbiyot sohasida mutaxassislar tayyorlaydigan notijorat tashkilotlari hisoblanadi. Shuningdek, kollej mutaxassislari din tarixi, qadimgi qo‘lyozmalarni o‘rganish, muqaddas yozuvlarni tahlil qilish, fiqh va Islom moliyasi yo‘nalishlarida tadqiqotlar olib boradi. Ibn Sino nomidagi kollejda Abu Rayhon Beruniy nomidagi laboratoriya ham faoliyat yuritadi. Unda mutaxassislar Ibn Sino ilmiy merosi asosida yangi dori-darmonlar yaratish ustida ish olib boradi.

    O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi ko‘magida tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston ilmiy-tadqiqot markazlari rahbarlari, taniqli ekspertlar va dinshunos olimlar ishtirok etdi.

    Tomonlar O‘zbekiston ilmiy-tadqiqot markazlari va institutlari hamda Ibn Sino va Moturidiy nomidagi kollejlar o‘rtasida Islom dini va kalom ilmi rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan Imom Moturidiy, shuningdek, Movarounnahrda yashab o‘tgan boshqa buyuk allomalarning ilmiy, diniy va ma’naviy merosini o‘rganish bo‘yicha qo‘shma ilmiy va ta’lim loyihalarini amalga oshirish yuzasidan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish masalalarini muhokama qildi.

    “O‘zbekistonlik mutaxassislar mamlakatda Imom Moturidiy merosini chuqur o‘rganish, shuningdek, uning e’tiqodni mustahkamlash, milliy va diniy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirishga qo‘shgan beqiyos hissasini keng targ‘ib qilish va shu asosda yosh avlodni ezgu umuminsoniy g‘oyalar ruhida tarbiyalash, yigit-qizlarni yot g‘oyalar ta’siridan saqlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi”, — deyiladi xabarda.

    O‘z navbatida, Ibn Sino va Moturidiy nomidagi kollejlarning direktori va asoschisi o‘zi rahbarlik qilayotgan ta’lim muassasalari faoliyati, shuningdek, ular negizida Buyuk Britaniyada buyuk o‘zbek olimi va astronomi Mirzo Ulug‘bek nomidagi yangi universitet tashkil qilishni rejalashtirayotgani haqida so‘zlab berdi.

    Yangi universitet tarkibida Markaziy Osiyoda o‘rta asrlarda yashagan va faoliyat yuritgan Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Imom Moturidiy, Muhammad Xorazmiy, Mirzo Ulug‘bek, boshqa taniqli olimlar va mutafakkirlarning ilmiy, diniy va ma’naviy merosini o‘rganish hamda xalqaro ko‘lamda targ‘ib qilishga ixtisoslashgan fakultetlar hamda kollejlarni ochish nazarda tutilgan.

    Otabek Shukurov bo‘lajak universitet ilohiyot va an’anaviy tibbiyot bo‘yicha bakalavr darajasini olish uchun grant va shartnoma asosida chet eldan talabalarni qabul qilishini ta’kidladi. O‘zbekistonning ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasalari talabalari ham ushbu o‘quv dasturlarida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, ushbu universitetda ingliz tilida so‘zlashadigan o‘zbekistonlik dinshunos olimlar ham dars berishi mumkin. Yevropa mamlakatlari, AQSh, Kanada, Turkiya va Marokashning yetakchi oliy o‘quv yurtlarida leksiyalar o‘qiydigan olim O‘zbekistonning diniy ta’lim muassasalarining talabalari va o‘qituvchilari huzurida ham ilmiy chiqishlar qilishga tayyorligini ma’lum qildi.

    Veb-seminar doirasida o‘zaro ilmiy aloqalarni rivojlantirish, xususan, Imom Moturidiy asarlarining insonparvarlik mohiyati va ma’naviy-ma’rifiy ahamiyatini o‘rganish maqsadida qo‘shma tadqiqotlar olib borish, ularning mazmun-mohiyatini oddiy va ta’sirchan vositalarda keng jamoatchilik e’tiboriga yetkazish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

    Markaziy Osiyo buyuk mutafakkirlarining O‘zbekiston va xorijiy davlatlardagi kutubxonalar, arxiv fondlari hamda shaxsiy kolleksiyalarda saqlanayotgan qo‘lyozmalarini izlab topish, to‘plash va o‘rganish hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari sifatida belgilandi.

    Mavzuga doir: Kattaqo‘rg‘onda hukumat qarori bilan ikkita universitet filiali tashkil etiladi

    10.10.2020, 22:24   Izoh (0)   14156
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    AQShning Vimeo videoxostingi ham O‘zbekistonda soliq to‘lashni boshladi

    10.10.2020, 21:53

    Bangladeshning O‘zbekistondagi elchisi o‘z diplomatik missiyasini yakunladi

    10.10.2020, 21:37

    O‘zbekiston Markaziy banki 300 mln dollar miqdoridagi valyuta zaxirasi qanday maqsadlarga yo‘naltirilishi mumkinligini ma’lum qildi

    10.10.2020, 20:23

    Navoiy viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

    10.10.2020, 19:36

    O‘zbekiston so‘mi 9 oy davomida dollarga nisbatan qanchaga qadrsizlangani ma’lum qilindi

    10.10.2020, 18:17

    Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida birinchi qor yog‘di (foto)

    10.10.2020, 17:18
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik

    17 iyul, 13:30

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Real” eng ko‘p maosh oladigan futbolchilaridan biri bilan xayrlashmoqchi

    Sport | 17 iyul, 13:45

    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik

    Reklama | 17 iyul, 13:30

    Iroqda savdo markazidagi yong‘inda 50 ga yaqin odam halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 17 iyul, 13:06

    Farg‘onada xaridorni pichoqlagan do‘kon sotuvchisi 11 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 17 iyul, 12:45

    OFK. Jahon chempionati 4-saralash bosqichiga qur’a tashlandi

    Sport | 17 iyul, 12:39

    O‘zbekistonda 18-iyul kuni 45 darajagacha issiq bo‘ladi

    O‘zbekiston | 17 iyul, 12:16

    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi

    Reklama | 17 iyul, 11:59

    Ko‘kdaladagi gaz zapravkadagi portlash yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    O‘zbekiston | 17 iyul, 10:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.