Angliya terma jamoasi va “Manchester Yunayted” klubi hujumchisi Markus Reshford Buyuk Britaniya imperiyasi ordeni kavaleri unvoniga loyiq ko‘rildi.
22 yoshli futboli Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ning tavallud kunida mazkur unvonni qabul qilib oladiganlar ro‘yxatiga kiritildi.
Reshford hukumat tomonidan koronavirus pandemiyasi sabab yuzaga kelgan ta’til vaqtida 1,3 million maktab bolalarining ovqatlanishi uchun tekin vaucherlar ajratilishida jonbozlik ko‘rsatgandi.
Markus Britaniya bosh vaziri Boris Jonsondan ushbu kampaniyani davom ettirishni iltimos qilgan.
Reshford “Manchester Yunayted” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Futbolchi 2019/20-yilgi mavsumda Premyer Ligada 31 o‘yinda qatnashib, 17 gol va 8 ta golli uzatma muallifiga aylandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!