Janubiy Amerika mintaqasida JCh—2022 saralash bosqichining 1-turidan o‘rin olgan ikki uchrashuv 10-oktabr, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.
Braziliya terma jamoasi o‘z maydonida Boliviyani qabul qildi. Uchrashuvning 16-daqiqasida Markinyos “pentakampionlar”ni oldinga olib chiqdi. 30-daqiqada jamoasining Roberto Firmino ikkinchi golini urgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘lim debyutida “Liverpul” futbolchisi dublni nishonlab, hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.
66-daqiqada mehmonlar vakili Xose Mariya Karrasko o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. Biroz o‘tib Filippe Koutinyo yakuniy hisobni o‘rnatdi — 5:0. Mazkur bahsda PSJ hujumchisi Neymar ikkita golli uzatma amalga oshirdi.
Yana bir uchrashuvda Kolumbiya terma jamoasi Luis Murielning dubli va Duvan Sapataning goli evaziga Venesuelani yirik hisobda taslim etdi.
JCh—2022 saralashi, KONMEBOL
1-tur bahslari
10-oktabr, shanba
Braziliya — Boliviya 5:0
Gollar: 1:0 – 16 Markinyos, 2:0 – 30 Firmino, 3:0 – 49 Firmino, 4:0 – 66, avtogol Karrasko, 5:0 – 73 Koutinyo.Braziliya: Ueverton, Markinyos, Lodi (Telles, 77), Tiago Silva (Felipe, 71), Danilo, Duglas Luis, Koutinyo (Everton Ribeyro, 77), Kazemiro, Everton (Rodrigo, 59), Firmino (Risharlison, 71), Neymar.
Boliviya: Lampe, Sagredo, Sagredo, Valverde, Karrasko, Arabe (Kardoso, 63), Vayyar (Sabala, 84), Bustamante (Gonsales, 80), Saldias (Sespedes, 46), Menacho (Kampos, 62), Miranda.
Ogohlantirishlar: Tiago Silva (54), Karrasko (79), Kampos (82), Sabala (90), Sespedes (90).
Kolumbiya — Venesuela 3:0
Gollar: 1:0 – 16 Sapata, 2:0 – 26 Muriel, 3:0 – 45 Muriel.Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!