“Barselona” sobiq hujumchisi Luis Suares Lionel Messi bilan do‘stligi va bunga katalon klubi rahbariyatining munosabati haqida gapirdi.
O‘ylashimcha, ular bizni ayirishni xohladi. Balki, do‘stligimiz ularni xavotirga solgandir, rahbariyat ko‘p vaqtni birga o‘tkazishimizni istamasdi. Biroq nima sabab ular bizning do‘stligimiz jamoaga xalal beradi deb o‘ylagani menga qorong‘i.Eslatib o‘tamiz, “Barselona” sentabr oyida urugvaylik futbolchini “Atletiko” safiga qo‘yib yubordi. Avvalroq Leo Messi katalon klubining ushbu qaroriga o‘z munosabatini bildirgandi.Albatta, menga Leo yetishmayapti, biroq zamonaviy texnologiyalar orqali muntazam muloqotda bo‘lib turibmiz. Biz o‘zaro do‘stligimizni qadrlaymiz.
Umumiy jihatlarimiz ko‘p. Ertalablari birgalikda mashg‘ulotga borardik, birga choyxo‘rlik qilishni yoqtirardik. Farzandlarimiz ham o‘zaro do‘stlashgan, oilalarimiz orasida qalin rishta bor.
Luis Suares, “Atletiko” futbolchisi
Mavzuga doir:
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!