Londonning “Arsenal” klubi Mesut O‘zil bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qilishni rejalashtirmoqda, deb xabar bermoqda Daily Mail.
Manbaning xabariga ko‘ra, “to‘pchilar” qishki transfer oynasi boshlanishidan oldinroq O‘zil bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qilish to‘g‘risida muzokara o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Shu bilan birga, germaniyalik futbolchining shartnomada ko‘rsatilgan 14 million yevro miqdoridagi kompensatsiyani olmoqchi ekani ta’kidlanmoqda.
Ma’lumot uchun, O‘zil oxirgi marta 2020-yilning 7-mart sanasida maydonga tushgandi. Joriy mavsumda ham O‘zil hali biror marta maydonda ko‘rinish bergani yo‘q. U “Arsenal” safida 2013-yildan beri to‘p surib keladi. Uning klub bilan shartnomasi 2021-yil 30-iyunigacha mo‘ljallangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq londonliklar Mesut O‘zilni Yevropa Ligasi qaydnomasiga kiritmagan edi.
Mavzuga doir:
- “Arsenal” Mesut O‘zilni Yevropa Ligasi qaydnomasiga kiritmadi
- Mesut O‘zil ishdan olingan “Arsenal” maskoti Gunnerzavrning maoshini to‘lab berishga tayyorligini bildirdi
- Kasilyasdan Benzemagacha. Mesut O‘zil o‘zining orzular terma jamoasini tuzdi
- Nomi ulug‘, suprasi quruq. O‘ynamasdan millionlab yevro topayotgan 10 nafar taniqli futbolchi haqida