• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Xalqaro urushga aylangan fuqarolik urushi. 7-oktabr – Afg‘onistonda xalqaro harbiy operatsiya boshlangan sana

    2001-yilning 11-sentabr sanasida “al-Qoida” diniy ekstremistik tashkiloti AQShning Nyu-York, Vashington shaharlarida terrorchilik harakatini amalga oshirgan edi. Mazkur larzaga keltiruvchi akt esa AQSh tarixidagi eng qonli va eng fojiaviy voqealardan biri sifatida tarixda qoldi. Natijada, o‘sha paytda AQShning prezidenti bo‘lgan kichik Jorj Bush xalqaro hamjamiyatning ko‘magida BMT nizomining VII bobi 51-moddasidan kelib chiqqan holda Usoma bin Lodin boshchiligidagi “al-Qoida” diniy ekstremist tashkilotini va Afg‘onistondagi “Tolibon” harakatiga qarshi urush boshlaydi.

    “Abadiy tinchlik bu abadiy urush demakdir. Urush – bu tinchlik”. Jorj Oruel, “1984”

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Urushning maqsadlari

    Rasmiy Pentagon 11-sentabr voqealaridan so‘ng Afg‘onistonga qarshi urushga kirar ekan, o‘zining asosiy uch maqsadini e’lon qildi. Bu maqsad esa quyidagilardan iborat edi. Avvalo, “al-Qoida” islomiy jangarilari rahbarlarini sud mahkamasiga tortish, keyin Afg‘onistonda “Tolibon” harakati rejimiga ayovsiz zarba berish va nihoyada butun Afg‘onistonni “Tolibon” jangari harakati zulmidan ozod qilishni maqsad qilib qo‘ydi.

    Urush qatnashchilari

    Umum qabul qilingan fikrga ko‘ra, Afg‘onistondagi urushda birgina AQShning o‘zi emas, balki Xalqaro xavfsizlik harakati qo‘shinlari (ISAF) ham harakat qildi. ISAF guruhi esa bevosita NATO tashkilotining rahnamoligi ostida harakatlandi. 2012-yildagi ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh yetakchiligida “Tolibon” jangarilariga qarshi harakatda Singapur, Mo‘g‘uliston, Tonga, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Salvador kabi mamlakatlarning 120 mingdan ortiq harbiy kuchlari ishtirok etdi.

    Qiziq jihat shundaki, “Tolibon” harakatining yuzaga kelishida Pokistonning va bevosita AQSh hukumatining ham qo‘li borligi haqida matbuotda bir qator tahliliy maqolalar e’lon qilindi. 7-oktabr sanasiga qadar Afg‘onistondagi “Tolibon” harakati hukumatini tan olgan BAA, Saudiya Arabistoni va Pokiston darhol Afg‘oniston bilan diplomatik aloqalarini uzganini e’lon qildi. Urushning muqarrar ekanini bilgan ko‘plab afg‘onlar darhol Afg‘onistondan qo‘shni Eron va Pokistonga muhojir sifatida qochib keta boshlaydi.

    Urushning dastlabki kunida AQSh rahbarligidagi ittifoqchi kuchlar jangarilarning Qobul, Mozori Sharif va boshqa yirik shaharlariga havo zarbalari berdi. Dastlabki havo hujumini tashkil qilishda 40 harbiy uchoq va 50 dan ziyod qanotli raketa ishga solindi. Urushning dastlabki ikki yili mobaynida AQSh hukumati ularga qarshi kurashda sezilarli yutuqlarni qo‘lga kiritganini e’lon qildi.

    AQSh harbiylari tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, “Tolibon” harakatining yuqori peshvolaridan Abuxafz va Usoma ibn Lodinning maslahatchisi Abdumuhammad Misri halok bo‘lgani, Usoma ibn Lodin boshchiligidagi bir necha guruh Pokistonga o‘tib yashiringani e’lon qilindi. Shunga qaramasdan, Afg‘onistondagi bir qator tumanlarda ayrim “Tolibon” guruhlari xalqaro kuchlarning mamlakatdagi harbiy amaliyotiga qarshi tish-tirnog‘i bilan jang olib bordi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Ochiq urushda g‘alabaga erishib bo‘lmasligini anglagan “tolibonchi”lar endilikda partizanlik urushi olib borish strategiyasini tanlaydi. Ular AQSh va NATO harbiy kuchlari konvoylariga qo‘qqisdan hujum qilar, yo‘llarni minalashtirar edi. Natijada  ham harbiylar, ham oddiy afg‘onlarning tinch aholisi ham halok bo‘lardi.

    Afg‘on urushida Pokiston ishtiroki

    AQSh yetakchiligidagi xalqaro kuchlar jangarilarga qarshi harbiy amaliyotlarda sezilarli yutuqlarga erishar ekan, ayrim “Tolibon” guruhlari qo‘shni Pokistonga ko‘chib o‘ta boshlaydi va Afg‘oniston va Pokiston chegara hududlarida kuchli himoyalangan hudud tashkil qildi. “Tolibon” harakati rahbarlari aynan shu hududdan turib harbiy konvoylarga hujum uyushtiruvchi “tirik bombalarni” ham tayyorlashi MRB va FQB hisobotlarida keltirildi. Prezident Parvez Musharraf “tolibonchilar”ga ro‘yxushlik bergan bo‘lsa-da, uning hokimiyatdan ketishi ortidan “Tolibon” harakatining Pokistondagi vaziyati ham og‘ir ahvolga tushdi.

    Prezident Osif Ali Zardoriy davrida Pokiston harbiylari “Tolibon”larning rasmiy Islomobodga yurish uyushtirgani natijasida bir necha hafta davom etgan urushni yuzaga keltirdi. Bu esa o‘z navbatida, Pokistonning “Tolibon” harakatiga o‘z vaqtida kerakli javob bermagani bilan izohlandi. Ustiga ustak amaldagi Pokiston hukumatining xalq orasida yetarli obro‘ga ega emasligi ham “Tolibon” harakatining Islomobodga yurishi natijasi ham edi. Boshqa tarafdan pokistonliklar qo‘shni Afg‘onistonga urush boshlagan amerikaliklarning hududda bo‘lishini tajovuz deb hisoblar va o‘zlarining dindoshlari “tolibonchi”larga har taraflama ko‘mak berardi. Bu esa Pokistondagi siyosiy vaziyatni ham ancha beqarorlashtirishga olib keldi.

    Obama hukumatining “Tolibon” harakatiga qarshi siyosati

    AQSh prezidentligi saylovlarida Barak Obamaning g‘olib bo‘lishi rasmiy Vashingtonning Afg‘oniston va Pokistonga nisbatan siyosatini ham tubdan o‘zgartirib yubordi. 2009-yil 27-mart sanasida Obama o‘zining “Tolibon”larga qarshi siyosatini e’lon qildi. Yangi siyosatga binoan endilikda AQSh “al-Qoida”ga qarshi kurashda Afg‘oniston va Pokistonni birlashgan hudud sifatida e’tirof etdi. Bu siyosatga ko‘ra, “Tolibon” harakatini taslim qilish uchun xalqaro kuchlarning harbiy amaliyotlarini faqatgina Afg‘oniston bilan cheklab bo‘lmas edi.

    Sababi Pokistonda joylashib olgan “Tolibon” yetakchilari o‘z jangarilarini Pokiston hududida tayyorlab, Afg‘onistonga yuborardi. Ikkinchidan, AQSh hukumati butkul “Tolibon” g‘oyalarini qabul qilmagan “tolibonchi”larga umumiy afv e’lon qildi. Mazkur siyosat natijasida ayrim afg‘onlar sekin-asta qurollarini tashlab, jangarilar safidan chiqa boshladi. Uchinchidan, Afg‘onistonda amerikalik harbiylar sonini ko‘paytirish rejalashtirildi va nihoyat, AQSh hukumati Afg‘oniston iqtisodiyotini rivojlantirish uchun 2010-yilda sarmoya kiritadigan bo‘ldi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Maqsad esa aholi turmush tarzini yaxshilash orqali radikal “islomchi”larni o‘z niyatlaridan qaytarish edi. Biroq 2010-yilga kelib Afg‘onistonda terrorchilik xudkushliklari soni ortib ketadi. Afg‘onistonda xizmat o‘tayotgan xalqaro kuchlarning ayrim askarlari ortiq Afg‘onistonda xizmat qilmasliklarini oshkor qilib norozilik bildira boshlaydi. Natijada AQSh hukumati NATO bo‘yicha sheriklari tarafidan kelayotgan e’tirozlarni qabul qiladi va NATO mudofaa vazirlari tarafidan Afg‘onistondagi xavfsizlik masalalariga afg‘on millatiga mansub harbiylarni mas’ul qilish haqida konsepsiya qabul qilinadi. ISAF esa Afg‘oniston hukumatiga o‘z politsiyasi, harbiy kuchlarini tayyorlashda yordam berishni boshlaydi.

    AQSh siyosatining Rossiyadagi aks-sadosi

    2001-yil 11-sentabr teraktlaridan so‘ng rasmiy Moskva AQSh hukumatiga “Tolibon” harakatiga qarshi kurashishda yordam berishini ta’kidlaydi va AQShning Afg‘onistonga qarshi harbiy amaliyotlariga xayrixoh bo‘ladi. Ruslar ham “Tolibon” harakatini ekstremistik tashkilot  sanaydi va ularning faoliyatini qora ro‘yxatga kiritadi. Bu esa AQShning Markaziy Osiyo mintaqasida erkinroq harakat qilishiga imkon berdi.

    Shunday bo‘lsa-da, Rossiya Afg‘onistondagi harbiy amaliyotlarda qatnashmasligini, biroq AQShga harbiy mutaxassislar va axborot almashish borasida har tomonlama ko‘mak berishga tayyorligini bildirdi. Hattoki 2010-yillarda rus hukumati NATO qo‘shinlariga ayrim yuklarni Rossiya hududi orqali Afg‘onistondagi xalqaro kuchlar nuqtalariga yetkazib berishni ham va’da beradi.

    Rossiya va AQSh munosabatlari yomonlashuvi ortidan AQSh matbuotida, xususan, The New York Times nashri AQSh xavfsizlik xizmatlari qo‘liga tushib qolgan maxfiy ma’lumotlarni oshkor qildi. Bu ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya “Tolibon” harakatiga xalqaro kuchlarning o‘ldirilgan har bir askariga mukofot va’da qilgani ayblovi ilgari surildi.

    Shunga qaramasdan, Rossiya tarafi AQSh va “Tolibon” harakati o‘rtasida kelishuvga erishilganini yuqori baholadi va har taraflama qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi. Hattoki, “Tolibon” harakati yetakchilari 2018-yilda bir marta, 2019-yilda ikki marta Moskvadagi muzokaralarda ishtirok etish uchun tashrif buyurdi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    O‘zbekiston va Afg‘oniston munosabatlari

    Marhum Prezident Islom Karimov davrida O‘zbekiston hukumati tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Qandahorda “Tolibon” harakati yetakchisi Mullo Muhammad Umar bilan muzokaralarda ishtirok etib, O‘zbekiston Afg‘oniston bilan yaxshi qo‘shnichilik aloqalari o‘rnatishini ma’lum qildi va “Tolibon” rahbariyatini O‘zbekiston tashabbusi bilan boshlangan 6+2 doirasidagi muzokaralarda qatnashishga chaqirdi. 2001-yilda AQSh Afg‘onistondagi “Tolibon” harakatiga qarshi harbiy amaliyot boshlaganidan keyin ham O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida diplomatik aloqalar davom etdi.

    Bugun O‘zbekiston Afg‘oniston hukumati va “Tolibon” harakati bilan yaqindan muzokaralar olib bormoqda. Shu yilda Dohada o‘tkazilgan uchrashuvlar chog‘ida “Tolibon” harakati yetakchisi Mullo Abdul G‘ani Birodar O‘zbekistonning Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatilishida ko‘rsatgan xizmatlarini yuqori baholar ekan, hech qachon Afg‘onistondagi vaziyat Markaziy Osiyo davlatlariga xavf solmasligini ta’kidlab o‘tdi.

    Prezident Mirziyoyev BMT Bosh assambleyasining 75-sessiyasida “Afg‘oniston Markaziy Osiyoning ajralmas qismi ekanini, Dohada sentabr oyida boshlangan hukumat va “Tolibon” harakati o‘rtasidagi muzokaralar ijobiy natija bilan tugashi ” tarafdori ekanini bayon qildi. O‘zbekiston hozirda Afg‘onistondagi infratuzilmani tiklash uchun Surxon—Puli-Xumri va Mozori Sharifdan Hind okeaniga olib chiquvchi temiryo‘l ustida ish olib bormoqda. Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev BMTning 75-sessiyasidagi ma’ruzasida BMT huzurida Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha maxsus komissiya tuzish taklifini ham bildirgani O‘zbekistonning qo‘shni mamlakatda tinchlik o‘rnatilishi tarafdori ekanligidan dalolat.

    Jahongir Ergashev tayyorladi.

    07.10.2020, 17:11   Izoh (0)   31287
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qirg‘izistonda yangi inqilob boshlandimi? Odamlar nimadan norozi? Bu noroziliklarni Belarusdagi namoyishlar bilan taqqoslash mumkinmi?

    07.10.2020, 15:13

    Qirg‘izistondagi norozilik namoyishlari — suratlarda

    07.10.2020, 12:17

    Tramp COVID-19’ga chalinib qoldi, Bayden xavf guruhida. Agar hammasi eng yomon ssenariy bo‘yicha ketsa, saylovlar bekor qilinishi mumkinmi?

    07.10.2020, 10:19

    Qirg‘iziston bosh vaziri iste’foga chiqdi. Bir kun avval qamoqdan ozod qilingan muxolifat vakili yangi bosh vazir bo‘ldi

    06.10.2020, 23:15

    Qora tuynukni o‘rgangan uch olim fizika bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi

    06.10.2020, 21:14

    Moskvada may oyidan beri ilk bor bir sutkada 4 mingdan ortiq kishida COVID-19 aniqlandi

    06.10.2020, 19:44
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!

     

    Tavsiya etamiz

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Putinga Ukraina bilan hududlar almashinuvini muhokama qilishni taklif qiladi

    Dunyo | 7 avgust, 23:25

    “Deputat saylovchilar masalalarini ko‘tarib, har qanday darajadagi rahbarga ko‘ndalang qo‘yishi kerak” — Erkinjon Turdimov

    O‘zbekiston | 7 avgust, 23:16

    Google bepul AI repetitorni taqdim etdi

    Dunyo | 7 avgust, 23:10

    Elektr taʼminoti korxonalari xodimlari ham bodikamera bilan ishlashni boshladi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:55

    Buxoroda ota farzandlariga 128 mln so‘m alimentni to‘lamay yurgani maʼlum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:45

    Gana prezidenti samolyot halokatidan mo‘jiza tufayli omon qolgan — Ghanaweb

    Dunyo | 7 avgust, 22:30

    Google xakerlik hujumiga uchraganini tasdiqladi

    Dunyo | 7 avgust, 22:20

    Buxoroda tadbirkor 800 mln so‘mdan ortiq asossiz soliqqa tortildi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:09
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.