• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12456.25
    • RUB158.36
    • EUR14461.71
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +39°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Qirg‘izistonda yangi inqilob boshlandimi? Odamlar nimadan norozi? Bu noroziliklarni Belarusdagi namoyishlar bilan taqqoslash mumkinmi?

    4-oktabr kuni Qirg‘izistonda parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi — rasmiy natijalarga ko‘ra, unda mamlakat prezidenti So‘ronbay Jeenbekovning oilasiga va boshqa nufuzli mansabdorlarga yaqin bo‘lgan partiyalar g‘olib bo‘ldi. 5-oktabr kuni muxolifat tarafdorlari ko‘chalarga chiqdi — ularni kuch vakillari shafqatsizlik bilan tarqatib yubordi. Ammo 6-oktabrga o‘tar kechasiyoq muxolifatchilar bir nechta ma’muriy binolarni, shu jumladan, Oq uyni egallab oldi. Natijada Markaziy saylov komissiyasi saylovlar yakunlarini haqiqiy emas deb e’lon qildi, bosh vazir Kubatbek Bo‘ronov iste’fo berdi, ammo amaldagi prezident hokimiyatdan voz kechmadi. Meduza ushbu hudud bo‘yicha mutaxassis, siyosatshunos Arkadiy Dubnovdan Qirg‘izistonda sodir bo‘layotgan voqealar yuzasidan asosiy savollarga javoblar oldi.

    Foto: AFP

    Foto: AFP

    Bu norozilik namoyishlari kutilganmidi? O‘zi Qirg‘izistonda so‘nggi vaqtlarda nimalar bo‘lgan edi?

    Shaxsan men uchun Bishkekda voqealarning bunday rivoj olishi kutilmagan bo‘ldi. Biroq Qirg‘izistondagi vaziyat juda tezkorlik bilan o‘zgaradi. Har safar hukumat va unga qarshi chiquvchilar bir xil xatoni takrorlaydi — natijada qonli to‘qnashuvlar yuz beradi, buning cho‘qqisi davlat to‘ntarishi bo‘lishi mumkin. Bu “xato” — mamlakatda sodir bo‘layotgan voqealarga yetarlicha baho bermaslik, ularning mohiyatini tushunmaslik, voqealar rivojini tahlil qila olmaslik va hech bo‘lmaganda bir-ikki qadam oldinni ko‘ra bilmaslik. Qirg‘izistonda sodir bo‘layotgan narsalarning barchasiga o‘z siyosatchilari va hukumatining ahmoqligi sabab bo‘lmoqda. Ularga hech kim — na Moskva, na Pekin ta’sir qilmoqda.

    Amaldagi prezident (So‘ronbay Jeenbekov) — Qirg‘izistonning beshinchi prezidenti. Qirg‘iziston prezidentining hokimiyat tepasiga kelishi doim respublikadagi paradigmaning navbatdagi o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘ladi, u aslini olganda (tog‘ tizmasi bilan) ikki qismga bo‘lingan: janub va shimol. Hokimiyatda janub va shimol vakillari bor — Qirg‘izistonda bu haqda gapirishni uncha yoqtirishmaydi, ammo doim buni nazarda tutishadi. Joriy prezident janubiy klanlar (urug‘lar) vakili hisoblanadi.

    Jeenbekov mamlakatni bor-yo‘g‘i uch yildan buyon boshqarmoqda. Mamlakat juda kambag‘al, u yerda yangi investitsiyalar olish va qarzlarni to‘lash imkoniyatlari mavjud emas — Bishkek chuqur qarz botqog‘iga botgan, eng ko‘p qarz — Xitoydan. Mamlakat juda og‘ir ahvolda, ayniqsa, pandemiyaga qarshi kurashdan keyin. Pandemiya katta rol o‘ynadi: Qirg‘iziston ichki siyosiy ag‘dar-to‘ntarlar virusga qarshi kurash oqibatlari bilan bog‘liq bo‘lgan mamlakatlardan biridir.

    Nima uchun saylov natijalari namoyishchilarni norozi qildi?

    Natijalari bunday shiddatli to‘lqinlarni keltirib chiqargan bu galgi parlament saylovlari Jeenbekovning prezidentligi davridagi birinchisi bo‘ldi. Ancha u puxta siyosatchi bo‘lib, u yoki bu siyosiy partiyaga nisbatan teng masofada ekanligini aytish orqali ovozlarning adolatli hisoblanishini ta’minlashiga umid qilgan edi. Ammo, afsuski, u mamlakatdagi odamlar uning ukasi (Asilbek Jeenbekov) rahbarlik qiluvchi partiyani hukumatparast deb qabul qilmasdan qolmasligini negadir hisobga olmagan. Shunday bo‘lib chiqdi ham — bu partiya rasman prezidentdan ayri bo‘lsa-da, anchagina ma’muriy resursdan foydalandi.

    Ikkinchi partiya tepasida esa mamlakatdagi taniqli arbob — bojxona xizmati rahbarining sobiq o‘rinbosari Raim Matrayimov bo‘lib chiqdi. Hech kimga sir emaski, u o‘zining ulkan boyligiga mamlakat chegaralaridagi korrupsiyaviy sxemalar orqali erishgan. U sudlanmagan, ustiga ustak, unga partiya tuzish imkoniyati berilgan, u esa katta pullari evaziga yuz minglab saylovchilarning ovozlarini sotib olgan. Odamlar olgan kichik miqdordagi pullar qarzlarining bir qismini yoki uy-joy va kommunal xo‘jalik to‘lovlarini to‘lashga yetarli edi. Siyosiy mas’uliyat g‘oyasidan odamlarning uzoq ekanligini tushunish mumkin — mamlakat juda kambag‘al.

    Bu ikki partiya eng ko‘p ovozlarni to‘pladi. Agar saylovlar haqiqiy deb tan olinganida, parlamentdagi mutlaq ko‘pchilikni janubiy klan tashkil qilgan bo‘lardi. Bu parlament marrasidan o‘ta olmaganlarni norozi qilmay qo‘ymasdi. Oqibatda ular odamlarni ko‘chalarga chiqishga chaqirdi. Ma’muriy resursdan foydalanish, korrupsionerlarning poygaga qo‘yilishi nimalarga olib kelishiga yetarlicha baho bermaslik hamda norozilik yetakchilarining mas’uliyatsiz xatti-harakatlari xaos va tartibsizlikni keltirib chiqardi.

    Yuz berayotgan narsalarni inqilob yoki to‘ntarish deb atash mumkinmi?

    6-oktabrga o‘tar kechasi yuz bergan holatni “to‘ntarishga sal yetmay qolish” deb hisoblash mumkin. Hamma balo shundaki, namoyishchilarning umumiy fikrni ifoda qilishi mumkin bo‘lgan siyosiy yetakchisi yo‘q. Bugungi kunda partiyalarga ismini hech kim tanimaydigan yosh odamlar yetakchi bo‘lmoqda — ularning mas’uliyati va tajribasi ham bo‘lib o‘tgan voqeada o‘z rolini o‘ynagan.

    Navbatdagi prezident hokimiyatdan ag‘darilishi bilan bog‘liq hodisalarni to‘ntarish deb hisoblash mumkin bo‘lardi. Hozir hukumat ko‘chadagi bosim qarshisida olomonning sobiq prezident, bosh vazir, deputatlarni hibsdan ozod etishga intilishlari qarshisida ojiz bo‘lib qoldi. Bu kuch vakillari xalq tomoniga o‘tishidan avval edi. Ammo prezident ayni paytda hokimiyatdan voz kechgani yo‘q.

    Ko‘pchilik hozirgi voqealarni Belarusdagi noroziliklar bilan qiyoslamoqda. Bu to‘g‘rimi?

    Fikrimcha, Qirg‘iziston va Belarusdagi noroziliklarni qiyoslab bo‘lmaydi — xuddi dumaloqni yashil bilan taqqoslab bo‘lmagani kabi. Ukraina sobiq prezidenti Leonid Kuchmaning “Ukraina — Rossiya emas” degan kitobi bor edi. Shunga o‘xshatib, Qirg‘iziston — Belarus emas, deyishim mumkin. Ikki xalq mutlaqo o‘xshamaydi.

    Qirg‘izistondagi saylovoldi tashviqoti siyosiy partiyalardan birining mamlakat bo‘ylab otda marsh yurishlarini o‘z ichiga olishi mumkin. Bu u yerda normal hisoblanadi, chunki qirg‘izlar bolaligidan otda yurishni o‘rganadi. Agar bunday marsh Belarus o‘rmonlarida bo‘lib o‘tganida hamma ularni mamlakatdagi vaziyatni qo‘lda qamchi bilan o‘zgartirmoqchi bo‘lgan chet elliklar deb o‘ylagan bo‘lardi.

    Qirg‘izlar qiziqqonroq, ularning temperamenti boshqacha. Munosabatlarni oydinlashtirib olish vazifasini erkaklar o‘z bo‘yniga oladi, shu jumladan, siyosiy munosabatlarni ham. Munosabatlarni namoyishchilar va kuch vakillari oydinlashtirishi mumkin, shu tufayli ijtimoiy tartibning buzilishi kelib chiqmoqda. Belarusda noroziliklar ancha tinchroq o‘tadi. Masalan, Qirg‘izistonda namoyishga bolalarni olib chiqish juda xavfli — bu ota-onalar tomonidan ko‘rsatiladigan mas’uliyatsizlikdir.

    Prezident hali vaziyatni o‘nglay oladimi yoki ketishiga to‘g‘ri keladimi?

    Agar prezident kuch tuzilmalarini o‘ziga yaqin shaxslarning kuchlari bilan birlashtira olsa. Ammo biz chuqur krizis vaziyatini ko‘ryapmiz. Mamlakatdagi voqealar nazoratini o‘z qo‘liga olishga norasmiy, sobiq rahbarlar, kuch vakillari, taniqli siyosatchilar urinmoqda. Ularning ba’zilari avtoritetga ega. Ammo hukumat ular bilan hamkorlik qilishga tayyorligini men ko‘rmayapman.

    Qandaydir muvozanatni qayta tiklashga bo‘lgan yana bir urinish bor — allaqanday muvofiqlashtiruvchi kengashning ta’sis etilishi, unga Omurbek Babanov kabi sobiq bosh vazirlar asos solgan. Biroq hozircha prezident vaziyatni barqarorlashtirish uchun ular bilan muloqotga kirishishga tayyorligini ko‘rmayapman. U haqiqiy hokimiyatni qo‘ldan chiqarishdan va klanlar muvozanatini teskari tomon foydasiga o‘zgartirishdan qo‘rqayotganga o‘xshaydi.

    Jeenbekov o‘z ta’siriga, voqealar rivojini nazorat qilish qobiliyatiga jiddiy darajada putur yetkazdi. Bu uning hozir ketishi kerakligini bildiradimi? Bunga shubham bor, chunki aks holda bu xaosga va boshqa qonuniy hukumat tuzilmalari mavjud bo‘lmagan bir paytda mamlakatdagi vaziyat ustidan nazoratning to‘liq boy berilishi olib keladi, axir parlament yo‘q, hukumat tashkillashtirilmagan. Prezident bo‘lgan voqeani e’tiborga olib qo‘yishi va javobgarlikdagi o‘z ulushini tan olishi kerak. Hamda bu xatolarni tuzatishga — unga qarshi bo‘lganlar yoki undan norozi bo‘lganlar bilan murosaga kelishga urinib ko‘rishi kerak.

    07.10.2020, 15:13   Izoh (0)   64256
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qirg‘izistondagi norozilik namoyishlari — suratlarda

    07.10.2020, 12:17

    Tramp COVID-19’ga chalinib qoldi, Bayden xavf guruhida. Agar hammasi eng yomon ssenariy bo‘yicha ketsa, saylovlar bekor qilinishi mumkinmi?

    07.10.2020, 10:19

    Qirg‘iziston bosh vaziri iste’foga chiqdi. Bir kun avval qamoqdan ozod qilingan muxolifat vakili yangi bosh vazir bo‘ldi

    06.10.2020, 23:15

    Qora tuynukni o‘rgangan uch olim fizika bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi

    06.10.2020, 21:14

    Moskvada may oyidan beri ilk bor bir sutkada 4 mingdan ortiq kishida COVID-19 aniqlandi

    06.10.2020, 19:44

    Qirg‘iziston Markaziy saylov komissiyasi parlament saylovi natijalarini haqiqiy emas deb topdi

    06.10.2020, 16:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi

     

    Tavsiya etamiz

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    To‘rt oyda O‘zbekistonga qancha xorij fuqarolari kelgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 25 iyun, 17:30

    Jahon banki O‘zbekistonda kichik gidroenergetikani rivojlantirishga 150 mln dollar ajratadi

    O‘zbekiston | 25 iyun, 17:20

    Rossiya harbiy kemasi La-Mansh bo‘g‘ozidan yashirin tarzda o‘tdi (foto)

    Dunyo | 25 iyun, 17:12

    Qimmat brendlardan qolishmaydigan hamyonbop kosmetik vositalar

    Go‘zallik | 25 iyun, 17:06

    G‘azoda isroillik harbiylar bo‘lgan mashina portlatildi

    Dunyo | 25 iyun, 16:50

    Chempionlik yo‘laklari tarixi: “Inter” “Milan”ga shu orqali hurmat ko‘rsatgan, “Barselona” esa ushbu an’ana sabab “Real” bilan ziddiyatga borgan

    Futbol | 25 iyun, 16:46

    Keti Perri va Orlando Blum 8 yillik munosabatdan so‘ng ajrashdi

    Kino | 25 iyun, 16:45

    Vyetnamda 8 ta jinoyat uchun o‘lim jazosi bekor qilinadi

    Dunyo | 25 iyun, 16:40

    Ozarbayjon klubi Bobir Abdiholiqov va Jasur Jaloliddinov bilan xayrlashdi

    Sport | 25 iyun, 16:32
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.