• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12694.97
    • RUB161.6
    • EUR14878.5
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qashqadaryo yoshlar ishlari boshqarmasi respublika tashkiloti suhbatidan o‘tgan rahbarlikka nomzodlarni “tajribasiz, rejasiz, yoshlarning muammolaridan bexabar” deb atadi

    Yoshlar ishlari agentligining Qashqadaryo viloyat boshqarmasi “Daryo” internet-nashrida 28-sentabr kuni e’lon qilingan “Qashqadaryodagi ayrim tumanlarda Yoshlar ishlari bo‘limlariga agentlik tavsiya qilgan nomzodlar emas, boshqalar tayinlandi. Chunki agentlikning xati ‘yuridik kuchga ega emas’” sarlavhali maqolaga munosabat bildirdi.

    Maqolada Yoshlar ishlari agentligining Dehqonobod, Chiroqchi va G‘uzor tumanlaridagi bo‘limlari rahbarligiga agentlik tomonidan boshqa mutaxassislar tavsiya qilingan bo‘lsa-da, agentlikning viloyat boshqarmasi ko‘rsatib o‘tilgan hududlardagi quyi tashkilotlarga butunlay boshqa shaxslarni boshliq qilib tayinlagani haqida so‘z boradi.

    Mavzuga doir: Qashqadaryodagi ayrim tumanlarda Yoshlar ishlari bo‘limlariga agentlik tavsiya qilgan nomzodlar emas, boshqalar tayinlandi. Chunki agentlikning xati “yuridik kuchga ega emas”

    Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limlari boshliqligiga nomzodlarni tavsiya qilishdan avval avgust oyida Qashqadaryodagi 15 ta shahar va tuman hokimlari ko‘rsatgan uch nafardan nomzod – jami 45 kishi bilan suhbat o‘tkazgan. Agentlik aynan shu suhbatdan o‘tganlar bilan 19-avgustdan boshlab uch oy sinov muddatiga shartnoma tuzishni tavsiya qilgan.

    Biroq Qashqadaryo viloyati boshqarmasi agentlik tavsiyasiga zid o‘laroq, nomzodlar bilan qayta suhbat o‘tkazib, ayrim hududlardagi quyi tashkilotlarga boshqalarni boshliq qilib tayinlagan. Boshqarmaning 29-sentabrdagi munosabatida ta’kidlanishicha, bunga ayrim nomzodlarning “ish haqidan qoniqmagani, sohada tajribasi yetarli emasligi” sabab qilib ko‘rsatib o‘tilgan.

    “Dehqonobod tumani bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tavsiya etilgan nomzod Adham Qulmamatov bilan suhbat o‘tkazilganda, u tizimda mavjud muammolarni yaxshi bilmasligi, rahbar sifatida ish tashkil etish bo‘yicha aniq rejasi yo‘qligi ma’lum bo‘ldi. Shu tufayli biz sohada tajribasi bor, ilgari tuman Yoshlar Ittifoqi raisi bo‘lib ishlagan Oybek Nurmurodovni munosib deb bildik”, -- deydi agentlikning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi boshlig‘i Shohjahon Omonov.

    Viloyat boshqarmasining kadrlar bilan ishlash bo‘yicha mutaxassisi so‘zlariga ko‘ra, Chiroqchi tuman bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tavsiya etilgan Alisher Beknazarov bilan 12-sentabr kuni bog‘lanilgan (vaholanki, Yoshlar ishlari agentligi tavsiya etilgan nomzodlar bilan 19-avgustdan boshlab shartnoma tuzishni so‘ragan), ammo Beknazarov “maktabda ishlashi, ishi ko‘pligi va ishlash niyati yo‘qligi”ni aytgan. Shu bois uning o‘rniga 16-sentabrda Jamshid Xursandov tayinlangan.

    G‘uzor tumani bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tavsiya qilingan Nodir Saidov esa, viloyat boshqarmasi munosabatida ta’kidlanishicha, “ish haqi uni qoniqtirmagani” bois ishni rad etgan. Hozirda uning o‘rniga boshqa tuman hokimligi tavsiya qilgan boshqa nomzodlar ko‘rib chiqilmoqda. Munosabatda alohida ta’kidlanishicha, Normurodov va Xursandovning tayinlovi esa Yoshlar ishlari agentligi bilan kelishilgan holda amalga oshirilgan.

    Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkilotning Chiroqchi tuman bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tavsiya etilgan, biroq yakunda bu lavozimga tasdiqlanmagan Alisher Beknazarovning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, viloyat boshqarmasining munosabatiga yolg‘on aralashgan, boshqarma mas’ullari uydirma to‘qimoqda.

    “Biz tashkilot ishini telefonda hal qilib qo‘yadigan ko‘cha bolasi emasmiz-ku. Agentlik tavsiyasi bilan uning tumandagi mas’ul xodimi deb topilganimizdan so‘ng, telefonda bir og‘iz ‘yo‘q, ishlamayman’ desak -- bu gapni-ku aytmaganman, aytgan bo‘lganimda ham -- shu yetarli bo‘ladimi? Unda ‘nega nomzodingizni qo‘ygandingiz, suhbatda qatnashishdan maqsad nima edi?’, degan savol tug‘ilmaydimi? Buni hokimlik orqali hal etishlari kerakmasmidi?”, -- deydi u.

    “Daryo”da e’lon qilingan avvalgi maqolada Yoshlar ishlari agentligining kadrlar masalasi bo‘yicha mas’uli Shomurod Sattorov tashkilotning hududiy boshqarmalarga chiqarilgan tavsiya xati “yuridik kuchga ega emas”ligini ta’kidlab, o‘zining shaxsiy fikricha, “agentlikning tuman va shahar bo‘limlariga Yoshlar ittifoqining hududiy rahbar kadrlari qo‘yilishi to‘g‘ri deb o‘ylashi”ni aytib o‘tgan edi.

    Yoshlar ishlari agentligi mas’ullari o‘tkazgan suhbatlardan “tajribasiz, muammolardan bexabar, ish rejasi yo‘q, ish haqidan bexabar” mutaxassislar o‘tib ketganiga, viloyat tashkiloti rasmiy ishlarni oddiy telefon suhbati orqali (shunda ham yuqori turuvchi tashkilotning xatidan salkam bir oy o‘tib) hal qilayotganiga agentlik va uning rahbari Alisher Sa’dullayev qanday munosabat bildiradi? Tashkilotning oddiy tayinlov ishlarida shuncha tartibsizlik va tushunmovchilik, yoshlarning katta ishlari, katta muammolari qanday hal qilinadi?

    05.10.2020, 07:32   Izoh (0)   22115
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentdagi sheriklariga giyohvand modda yetkazib berish uchun yo‘lga chiqqan samarqandlik fuqaro qo‘lga olindi

    05.10.2020, 07:11

    O‘zbekistonda koronavirus qurbonlari soni 500 kishidan oshdi

    04.10.2020, 23:34

    Sardobadagi toshqinda uysiz qolib, molxonada yashayotgan oilaga kreditga yangi xonadon sotib olish taklif qilindi

    04.10.2020, 22:21

    “O‘zbekning tarixidagi eng qora kunlardan biri...”

    04.10.2020, 20:05

    Mahalla vazirligi Toshkent viloyati bosh infeksionisti qamoqqa olinganidan tashvishdaligini bildirdi

    04.10.2020, 19:20

    “Chinni bozor”dagi tadbirkorlarga paxta terimi uchun 1,5 mln so‘mdan “soliq solingani” haqidagi xabarlar rad etildi

    04.10.2020, 18:21
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” videoreportaji: Ozodbek Nazarbekov Namanganda katta sahnaga qaytdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 00:10

    Tailandda budda rohibi o‘z hamkasbini otib o‘ldirdi

    Dunyo | 30 iyun, 23:55

    Shahrisabzda ikkita do‘kon yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:40

    Britaniyada ChatGPT tufayli ish o‘rinlari bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ldi

    Dunyo | 30 iyun, 23:25

    Yaponiyada qora ayiq tufayli aeroport faoliyati to‘xtab qoldi (video)

    Dunyo | 30 iyun, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:00

    “Operachi bo‘lish oson emas” — Aqlbek Piyazov italyan tilini o‘rgangani, musofirchilikdagi hayoti va eng ko‘p olgan gonorari haqida gapirdi (foto, video)

    Shou-biznes | 30 iyun, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.