Yevropa Ligasining 2020/21-yilgi mavsumiga qur’a tashlash marosimida musobaqaning 2019/20-yilgi mavsumdagi eng yaxshi o‘yinchisi nomi e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, “Inter” hujumchisi Romelu Lukaku Yevropa Ligasida mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘ldi.
Belgiyalik futbolchi musobaqaning pley-off bosqichida “Inter” safida 6 o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol va ikkita golli uzatma muallifiga aylandi.
Ushbu sovrin uchun shuningdek, “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Brunu Fernandesh va “Sevilya” futbolisi Ever Banega da’vogar bo‘lgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)