• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston bozorlarida yog‘, tuxum va shakar narxi sezilarli oshdi

    Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan ichki bozordagi asosiy turdagi iste’mol tovarlarining chakana narxlari monitoring qilib borilmoqda.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    O‘rganish natijalariga ko‘ra sentabr oyining oxirgi o‘n kunligida ichki bozorlardagi ayrim turdagi iste’mol tovarlari narxlarining keskin oshishi kuzatildi.

    Xususan, kungaboqar yog‘ining chakana narxi sentabr oyining boshiga nisbatan 11 500 so‘mdan 15 000 so‘mga (o‘sish 30 foiz), shakar mahsulotining narxi 6 000 so‘mdan 7 000 so‘mga (o‘sish 15 foiz), hamda parranda tuxumi narxi 1000 so‘mdan 1300 so‘mga (o‘sish 30 foiz) oshganligi kuzatildi.

    Ushbu iste’mol tovarlari narxlari oshishi sabablari quyidagilar bilan bog‘liq bo‘lgan:

    a) kungaboqar yog‘i bo‘yicha:

    Respublikada bugungi kunda 40 dan ortiq kungaboqar yog‘i ishlab chiqaruvchi korxona mavjud.

    Shu bilan birga, 2020-yilning 9 oyi davomida 177 ming tonna kungaboqar yog‘i import qilingan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 13 foizga ko‘p.

    Kungaboqar yetishtiruvchi asosiy yirik davlatlardan biri va respublikaga import qilinadigan mahsulotning asosiy qismi to‘g‘ri kelgan Rossiyada kungaboqar hosili 2020-yilda o‘tgan yilga nisbatan 12 foizga kam bo‘lishi kutilmoqda.

    Rossiyada 2019-yilda 15,3 million tonna kungaboqar yetishtirilgan bo‘lib, 2020-yilda ushbu ko‘rsatkich 13,5 million tonna atrofida prognoz qilinmoqda.

    Bu esa o‘z navbatida mahsulotning narxlariga ta’sir etdi, xususan Rossiya bozorida avgust oyida bir tonna kungaboqar yog‘i 750-800 dollarni tashkil etgan bo‘lsa, o‘tgan haftada narxlar 985-1050 dollarni tashkil etib, narxlar o‘rtacha 30 foiz oshgan.

    Bundan tashqari, Rossiya ichki bozorida mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun kungaboqarning yetishmasligi sababli mahsulot eksportining 4 yilga cheklanishi masalasining ko‘rib chiqilishi ham mahsulot narxlarining shakllanishiga ta’sir qilgan.

    b) tuxum mahsuloti bo‘yicha:

    O‘zbekiston Prezidentining 2020-yil 19-iyundagi PF–6011-sonli farmoniga muvofiq chetdan keltiradigan parranda ozuqa va ozuqa qo‘shimchalari, veterinariya preparatlari uchun 2020-yilning 1-oktabridan qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lanishi ko‘zda tutilmoqda, bu esa o‘z navbatida ushbu mahsulotlar narxlarining 15 foiz oshishiga olib kelishini inobatga olib, bozor ishtirokchilari o‘zgarishlarni hisobga olgan holda narx belgilamoqda.

    Parranda ozuqa bazasining asosiy qismini bug‘doy, soya shroti va makkajo‘xori xom ashyosi tashkil etib, ushbu mahsulotlarning narxlari yil boshidan o‘rtacha 10 foizga oshgan.

    Masalan, yuqoridagi mahsulotlar ichida soya shroti asosan import mahsulot hisoblanib, yil boshida 1 kg narxi 0,47 dollarni tashkil etgan bo‘lsa, bugungi kunda 0,51 dollarni tashkil qilmoqda.

    2020-yil iyun-iyul oylari mobaynida 14 dan ortiq yirik parrandachilik korxonalarida boqilayotgan 1,8 million bosh qari tovuqlar yangi jo‘jalarga almashtirilganligi, mahsulot ishlab chiqarish hajmini keskin kamayishiga olib kelgan.

    Bundan tashqari, valyuta kursining yil boshidan 8,5 foizga ko‘tarilishi ham import kungaboqar va soya shroti hamda boshqa ozuqaviy qo‘shimchalar narxining oshishiga ta’sir qilgan.

    Shuningdek, “Parrandasanoat” uyushmasi tomonidan o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovlar natijalariga ko‘ra 2020-yilda aholining iste’mol savatida tuxumga bo‘lgan talab 12 foizga oshganligi ma’lum bo‘lganligi ham ma’lum qilingan.

    v) shakar mahsuloti bo‘yicha:

    Bugungi kunda respublikada 2 ta korxona shakar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanib keladi, ularning yillik ishlab chiqarish quvvati 690 ming tonnani tashkil qiladi, bunda ishlab chiqarishda asosan import asosida olib kelinadigan shakar xom ashyosidan foydalaniladi.

    Bundan tashqari, 100 dan ortiq yuridik shaxslar tomonidan shakar mahsuloti muntazam import qilinib kelinmoqda. Xususan, o‘tgan yilning 9 oyi davomida 82 ming tonna shakar import qilingan bo‘lsa, 2020-yilning mos davrida ushbu ko‘rsatkich 288 ming tonnani tashkil etdi.

    Shu bilan birga, qo‘shni davlatlarda noqulay ob-havoning shakar yetishtirish uchun zarur bo‘lgan qand lavlagi xom-ashyosi sifatiga keskin ta’siri tufayli bu yilgi hosilning past bo‘lishi kutilmoqda.

    Natijada, avgust oyining boshida 1 kilogramm shakarning narxi o‘rtacha 29 rublni tashkil etgan bo‘lsa, bugungi kunda 39 rublni tashkil etmoqda (o‘sish 34 foiz). Ya’ni, shakar narxining oshishiga importdan keltirilayotgan shakarning narxi ko‘tarilishi sabab bo‘lgan.

    Bugungi kunda “Xorazm shakar” MChJ va “Angren shakar” MChJlarda 40 ming tonna tayyor shakar zaxiralari mavjud bo‘lib, muntazam ravishda birja orqali sotilib kelinmoqda. 2020-yilning avgust oyida mahalliy shakarning ulgurji narxi birja savdolarida o‘rtacha 5840 so‘m bo‘lgan va hozirgi kunda 6585 so‘mni tashkil qilmoqda.

    Mavzuga doir:

    • Qishloq xo‘jaligi vazirligi: Oziq-ovqat sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 2020-yilning 6 oyida 21,5 trillion so‘mga yetdi
    • O‘zbekistonda go‘sht 42 500 so‘mdan 85 000 so‘mgacha. Davlat statistika qo‘mitasi qaysi bozorda eng arzon narxda sotilayotganini ma’lum qildi
    • O‘zbekistonda avgust oyida iste’mol narxlari darajasi qanchaga o‘sgani ma’lum qilindi

    01.10.2020, 13:15   Izoh (0)   55627
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda USAID vakolatxonasi ochildi

    01.10.2020, 12:36

    Qashqadaryoda 45 ta bog‘cha o‘z faoliyatini qayta boshladi

    01.10.2020, 11:16

    O‘zbekiston fuqarolari masofadan turib AQShda ishlashga jalb qilinadi

    01.10.2020, 10:34

    Toshkentda bo‘shab qolgan deputatlik o‘rniga saylanishda yordam berish uchun 3000 dollar so‘ragan deputat qo‘lga olindi

    01.10.2020, 10:13

    O‘zbekistonda normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi muhokamaga qo‘yilmasa, avtomatik rad etiladigan tartib o‘rnatiladi

    01.10.2020, 08:30

    Toshkentdа aholining suvdan qarzdorligi 124 mlrd so‘mga yetdi. Qarzdorlar orasida o‘ziga to‘q fuqarolar ham bor

    01.10.2020, 08:09
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35

    AQSHda Facebook’da Trampga tahdid qilgan erkak qamoqqa olindi

    Dunyo | 12 iyul, 21:35

    Sharfga o‘ralib qolgan raqqosa, bedarak yo‘qolgan bosh vazir — g‘ayrioddiy va shubhali tarzda halok bo‘lgan dunyo mashhurlari

    Dunyo | 12 iyul, 21:16

    Kortni Koks, Bella Hadid va boshqalar: plastik operatsiya qildirganidan afsuslangan Gollivud yulduzlari

    Kino | 12 iyul, 20:35

    JW: Yevropa Ittifoqi Ukrainaning yo‘qotilgan hududlarini qaytarib olishidan manfaatdor emas

    Dunyo | 12 iyul, 20:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.