• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkentda bo‘shab qolgan deputatlik o‘rniga saylanishda yordam berish uchun 3000 dollar so‘ragan deputat qo‘lga olindi

    O‘zbekistonning bir qator hududlarida deputatlikka saylash, ish va o‘qishga joylashtirish, paxta terimini tashkil qilish bilan bog‘liq firibgarlik holatlariga chek qo‘yildi. Bu haqda huquq-tartibot idoralari “Daryo”ga ma’lum qildi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Toshkent shahrida Xalq deputatlari tuman kengashlaridan birining deputati bo‘shab qolgan joylar uchun tuman kengashi deputatligiga saylanishda yordam berishni va’da qilib, bir fuqarodan 3000 dollar so‘ragan. Mazkur deputat avans sifatida 1500 dollar olgan vaqtida DXX Toshkent shahar boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamentining hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

    Shuningdek, Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida istiqomat qiluvchi, hozirda hech qayerda ishlamaydigan 18 yoshli fuqaro Guliston shahrida yashovchi o‘zining 17 yoshli jinoiy sherigi bilan birga bir fuqaroning ishonchiga kirib, uni Qozog‘istonning Chimkent shahrida joylashgan M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan. Buning uchun jinoiy sheriklar 2000 dollar olgan vaqtda DXX Sirdaryo viloyati boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan ushlangan.

    Andijon viloyati Izboskan tumanida yashovchi, 1997-yilda tug‘ilgan shaxs Marg‘ilon shahrida istiqomat qiluvchi fuqaroni Qirg‘izistonning O‘sh davlat universiteti tibbiyot fakultetiga hech qanday imtihonlarsiz o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan. Buning evaziga 23 yoshli fuqaro 1350 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

    Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani tibbiyot birlashmasining ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi xodimi 1200 dollar evaziga bir fuqaroni tuman tibbiyot birlashmasiga farroshlikka ishga kirishida yordam berishini aytgan. Markaziy poliklinika xodimi dastlab 400 dollar olgan. Oradan bir oz muddat o‘tib, poliklinika xodimi qolgan 800 dollarni olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

    Jizzax viloyati Baxmal tumanida ikki marta sudlangan fuqaro mahalliy fermer xo‘jaliklaridan birining rahbaridan 2020-yilgi paxta terimiga xo‘jalik nomidan o‘zi yollanma ishchilarni topib, jo‘natib berishni aytib, buning uchun 6 million so‘m talab qilgan. Sudlangan fuqaro agar fermer ushbu pulni bermasa, u hokimiyatda ishlaydigan tanishlari orqali mazkur fermer xo‘jaligi yerlarini olib qo‘yish bilan tahdid qilgan. Aytilgan puldan 5 million so‘mni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

    Hozirda ushbu aniqlangan holatlar bo‘yicha Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Mavzuga doir: 

    • Farg‘onada bir kishini Rossiyaga ishga jo‘natish bilan aldab, undan 900 dollar olgan shaxs javobgarlikka tortildi
    • Namanganda 28 sotix yer maydonini 100 ming dollarga sotishga uringan “fermer xo‘jaligi rahbari” qo‘lga olindi
    • O‘zbekistonning to‘rt hududida pul evaziga universitetlarga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxslar hibsga olindi
    • Jizzaxda fuqaroni 2 mln evaziga koronavirusga chalinganlarni davolash markaziga ishga kiritishni va’da qilgan SSB mutaxassisi ushlandi
    • DXX o‘tkazgan reydda abituriyentlarni o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib pora olgan bir qator shaxslar qo‘lga olindi

    01.10.2020, 10:13   Izoh (0)   22123
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi muhokamaga qo‘yilmasa, avtomatik rad etiladigan tartib o‘rnatiladi

    01.10.2020, 08:30

    Toshkentdа aholining suvdan qarzdorligi 124 mlrd so‘mga yetdi. Qarzdorlar orasida o‘ziga to‘q fuqarolar ham bor

    01.10.2020, 08:09

    Qirg‘izistonga bormoqchi bo‘lgan o‘zbekistonliklarga qanday talab qo‘yilishi ma’lum qilindi

    01.10.2020, 07:28

    Toshkentda 23 yoshli haydovchi Nexia’da bir ayolni urib ketib, uning o‘limiga sabab bo‘ldi

    30.09.2020, 23:57

    Olmaliq shahri hokimining o‘g‘li Toshkentda katta tezlikda mashina haydadi. Hokim o‘g‘lining ishiga izoh berdi

    30.09.2020, 23:43

    Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Janubiy Koreyaga turmushga chiqqan o‘zbek qizlari o‘qiyotgan markaz aks etgan video bo‘yicha izoh berdi

    30.09.2020, 23:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10

    Saudiya Arabistoni Superkubogi. “Al-Ahli” Ronaldu boshchiligidagi “An-Nassr”ni mag‘lub etib bosh sovringa ega chiqdi

    Sport | 23 avgust, 19:50

    O‘tgan 32 yil: Sobiq Sovet davlatlarida aholi jon boshiga daromad qanday o‘zgardi?

    O‘zbekiston | 23 avgust, 19:39

    “Ukraina hududlarini berish — Rossiyaning tuzog‘i” — YI oliy vakili

    Dunyo | 23 avgust, 19:00

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi. Husanov maydonga tushmadi

    Sport | 23 avgust, 18:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.